Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə392/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

14.3. Korxonaning segmentlar hisoboti


Segmentlar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari. Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi.
Biznes segmenti – bu korxonaning ma’lum qismini yoki nisbatan mustaqil bo’linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishdir.
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 8-sonli “Operatsion segmentar” moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 2013 yil dekabr oyida qabul qilinib 14-sonli “Segmentar hisobotni” (1993 yilda qabul qilingan) o’rniga 2014 yil 1 yanvardan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlar hisoboti: umumiy xo’jalik bo’yicha, mahsulot va xizmatlar bo’yicha va geografik mintaqalar bo’yicha ajratib ko’rsatiladi.
Geografik segment – bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi ajratib qo’yilgan komponentdir.
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni, yani, ko’pchilik omillarning mos tushishini 14.9-jadvalda ko’rish mumkin.
O’zR Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan "Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida ta’kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo’jalik tizimini, xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste’molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.
Tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zR Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan "Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot" nomli O’zRning 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta’kidlanadi: "Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining o’ziga xos jihatlarini ochib berishning ustuvorligini ko’rib chiqish chog’ida rahbarlar bu holat xo’jalik yurituvchi sub’ektning duch kelishi mumkin bo’lgan xatarlarini va kelgusidagi pul mablag’i harakatlarini baholashga imkon berishini e’tiborga olishi lozim”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin