Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə463/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari - xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalarining alohida moddalari bo’yicha ko’rsatkichlarni olish usuli. Xo’jalik jarayoni natijasida mablag’lar va ularni tashkil topish manbalarida o’zgarishlar ro’y beradi. Bu o’zgarishlarni o’rganish, hisobda aks ettirish uchun buxgalteriya hisobining hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Hisobvaraqlar soni va nomlanishi buxgalteriya hisobvaraqlarining rejasida belgilanadi (buxgalteriya hisobvaraqlarining rejasiga qarang). Buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilganligi, qaysi usuldan foydalanilayotganligi va ob’ektning turiga qarab, hisobvaraqning tuzilishi va tashki ko’rinishi turlicha bo’ladi. Ammo barcha hisobvaraqlar ikki qismga, ya’ni debet va kredit qismlariga bo’linadi. Buning ma’nosi shundan iboratki, har qanday xo’jalik jarayoni hisob ob’ektida ko’payish yoki kamayishni yuzaga keltiradi. Ehtiyoj va talabga qarab hisobvaraqlar ham modda va tarkibiy qismlarga bulinishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi, shunga asosan ular ikki guruhga, ya’ni aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Xo’jalik mablag’larini aks ettiruvchi hisobvaraqlar aktiv, shu mablag’larning manbalarini aks ettiruvchi hisobvaraqlar esa, passiv hisobvaraqlar deyiladi (aktiv hisobvaraq, passiv hisobvaraqga qarang).
Ma’lumotlarni o’zida jamlashiga ko’ra hisobvaraqlar analitik va sintetik hisobvaraqlarga bo’linadi (sintetik hisob hisobvaraqlari., analitik hisob hisobvaraqlariga qarang).
Balans tarkibidaligiga qarab balans hisobvaraqlari va balansdan tashqari hisobvaraqlarga bo’linadi (balansdan tashqari hisobvaraqlarga qarang).
Xo’jalik jarayonlari hisobvaraqlarda ikki yoklama yozuv asosida olib boriladi. Jarayonlar qaysi hisobvaraqlarda aks ettirilishini aniqlash uchun hisobvaraqlarning nomlanishi va iqtisodiy mazmuniga ahamiyat berish lozim. Shuning uchun buxgalteriyaning hisobvaraqlari turlarga ajratib guruhlanadi (Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining guruhlanishi, hisobvaraqlar korrespondentsiyasiga qarang).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin