Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə480/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Integratsiya - kooperatsiya va ishlab chiqarish hamda mehnatni taqsimlash asosida ikki yoki undan ortiq davlatlar milliy xo’jaligining o’zaro harakatidagi iqtisodiy jarayon.
Inflyatsiya - haqiqatda taklif etilayotgan tovarlarga nisbatan ancha ko’p miqdorda qog’oz pullarning muomalaga chiqarilishi. Baholarning umumiy, uzoq vaqt oshib borishi va haqiqiy mehnat haqining oshib borishi bilan kuzatiladi. Oltin bozor bahosini oshishi, hayot qiymati, valyuta kursining o’zgarishlari ham inflyatsiya oqibatidir.
Infratuzilma - iqtisodiy yoki siyosiy hayot umumiy tuzilishining tarkibiy qismlari. Iqtisodiy yoki siyosiy tizimda bo’ysinuvchi, yordam tavsifga ega bo’lib, umumiy faoliyatni ta’minlaydi. Masalan, iqtisodiy infratuzilmaga quyidagilar kiradi: ijtimoiy ishlab chiqarish holatini belgilovchi transport va aloqa, maorif va ta’lim, uy-joy va maishiy xizmat xo’jaligi, fan va texnika, sog’liqni saqlash va boshqalar.
Inventarizatsiya - korxonaga tegishli bo’lgan barcha asosiy vositalar, inventarlar, mablag’lar va boshqa moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini solishtirish va tekshirish usuli. Inventarizatsiya o’tkazilishidan asosiy maqsad buxgalteriya hisobi ko’rsatkichlarining haqqoniyligini va mulkning saqlanishini ta’minlashdir. Inventarizatsiya ob’ekti bo’lib quyidagilar hisoblanadi: asosiy vositalar; tovar-moddiy boyliklar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar; tugalanmagan kapital qurilish va tugalanmagan qurilish-montaj ishlari; kelgusi davr xarajatlari; boquvdagi va o’stirishdagi chorva mollari; tovar va idishlar (savdo korxonalarida), pul mablag’lari; qat’iy hisobdagi hujjatlar; korxonaga tegishli bo’lmagan boyliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, vaqtincha saqlash uchun olingan yoki qayta ishlash uchun qabul qilingan boyliklar).
Inventarizatsiya oldindan belgilangan muddatda, shuningdek, moddiy javobgar shaxs almashtirilganda, audit vaqtida, tabiiy ofatlar bo’lganda, auditorlar va tergov organlari talab qilgan hollarda o’tkazilishi mumkin. Tekshirilayotgan ob’ekt hajmiga ko’ra inventarizatsiya to’la va qisman o’tkazilishi mumkin. To’la inventarizatsiyada xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha xo’jalik mulklari to’liq tekshiriladi. Qisman inventarizatsiyada esa xo’jalik mulklarining ma’lum bir qismigina tekshiriladi. O’tkazilish vaqtida invetarizatsiya rejali va rejasiz bo’ladi. Rejali inventarizatsiya ko’rsatmalarda belgilangan muddatda o’tkaziladi, rejasiz inventarizatsiya esa, zaruriy vaqtlarda, asosan to’satdan o’tkaziladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   476   477   478   479   480   481   482   483   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin