Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə485/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Kassaning orderlari - korxona kassasiga pul kirimi va chiqimining qonuniyligini va belgilangan maqsad bo’yicha amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar. Kassaning orderlari buxgalteriyada siyoh bilan yoziladi, orderlarda ularni to’ldirish asosi va ularga ilova qilingan hujjatlar ko’rsatilib o’tiladi. Orderlarda hech qanday tuzatishlar kiritish, ya’ni summalarni o’zgartirib yozishga ruxsat berilmaydi. Kassaga pul kassaning kirim orderida hujjatlashtirilib, unda kimdan (nimaga) qabul kilinayotganligi va boshqa zaruriy ma’lumotlar ko’rsatiladi. Korxona kassasidagi pul chiqimi kassaning chiqim orderi asosida hujjatlashtiriladi. Kassaning kirim va chiqim orderlari kassir imzosi bilan tasdiqlanadi. Kassaning orderlariga ilova qilingan hujjatlarga, “berildi” yoki “olindi” deb muhr bosiladi. Kassaning kirim va chiqim orderlari xronologik davrga asosan yil boshidan yil oxirigacha bo’lgan muddatda alohida tartib raqami bilan belgilanadi. Kassir shu kirim va chiqimni kassaning kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan hujjatlar asosida kassa kitobida aks ettirib boradi.
Kassirning hisoboti - kassir tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladigan hisobot. Bu hisobot kassaning kitobi ma’lumotlariga asosan tuziladi va unga ilova qilingan kirim va chiqim orderlaridan iborat bo’ladi. Kassir hisobotni ish kuni oxirida yoki belgilangan muddatda topshirishi lozim. Buxgalteriya hisobotni tekshirib qabul qiladi va kassaning kitobiga qabul qilinganligi haqida imzo chekadi. Kassirning hisoboti kassa jarayonlarini hisobotda aks ettirish va buxgalteriya tomonidan kassirning faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.
Kassir - kassaga pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati yuklatilgan javobgar shaxs. Kassir yozma ravishda to’liq moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o’zining bo’yniga oladi. Kassir o’z ishi jarayonida kassa jarayonlarini haqidagi nizomga amal qilishi zarur. Pulni qabul qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh hisobchining imzolari bilan tasdiqlangan hujjatlarga asoslanadi. (kassa orderiga qarang). Kassadagi pul mablag’lari hisobini kassir kassaning kitobida olib boradi.
Kvota - ishlab chiqarishda, savdoda, mahsulot eksporti yoki importida qatnashish ulushi bo’lib, kartelga kiruvchi korxona yoki kompaniya uchun belgilanadi. Kvota hajmiga mos ravishda foyda taqsimlanadi. Kvota oshirilsa, jarimaga tortiladi. Kvotani belgilashdan maqsad savdoni, eksportni cheklash. Import kvota (kontingentlar) importni miqdor jihatdan cheklashning usullaridan biri bo’lib, tovar yoki boshqa mablag’lar davlatga importning ma’lum bir davr mobaynidagi maksimal (eng yuqori) summasini yoki miqdorini belgilaydi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin