Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə491/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   487   488   489   490   491   492   493   494   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Ko’rsatma (lat. Inktructio - instruktsiya, tuzilish) - me’yoriy hujjat bo’lib, vazirliklar yoki markaziy tashkilotlar tomonidan beriladi, unda ma’lum bir masalalarning hal etilishi tartibi va tartibga solish shartlari ko’rsatiladi. Ko’rsatmalar buxgalteriya hisobi faoliyatida ham keng qo’llaniladi. Ko’rsatmalar hisob tartibining birligini ta’minlab, yig’ma hisobot ko’rsatkichlarining imkonini beradi. Buxgalteriya xodimlari ko’rsatmalarga ijobiy yondashib ma’lum bir masalalarni hal etishda har xil amaliy tajribalarni o’tkazib, hisob jarayonlarini takomillashtirish yo’llarini o’rganadilar va o’z takliflarini beradilar. Amalda erishilgan yutuq va yangiliklar natijasida ko’rsatmalarga o’zgarishlar kiritiladi. Buxgalteriya hisobini takomilashtirishda iqtisodchilarning roli katta ahamiyatga egadir.
Libergid-liz - lizing turi bo’lib, unga ko’ra ijaraga beruvchi va lizing firmasi ishonch kompaniyasini tuzadi. Ushbu kompaniya asbob-uskunani xarid qilib, ijaraga oluvchiga uzoq muddatga beradi. Ijaraga oluvchi esa, o’z navbatida soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega. Yuqoridagi huquqlardan foydalanish orqali ijaraga oluvchi ijara bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirishga erishadi.
Liz-bek - xalqaro lizingning yangi shakli. Shartnomaga asosan, lizing firmasi boshqa davlatdan mashina, asbob-uskuna va boshqalarni hisob-kitob orqali ishlab chiqaruvchi firmalardan xarid qiladi, so’ngra shu firmaning o’ziga ularni kreditga sotadi.
Lizing - lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o’rtasida lizing oluvchiga xo’jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko’char va ko’chmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun berish to’g’risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish natijasida vujudga kelgan xo’jalik qarz munosabatlari.
Litsenziya - (lotinchadan - huquq, ruxsat) rasmiy ruxsat. Tijorat amaliyotida uning ikki asosiy turi uchraydi: eksport va importga litsenziya, hamda patentli litsenziya. Ma’lum bir miqdordagi u yoki bu tovar guruhlarining eksport yoki importiga litsenziya davlat boshqaruvi tashkilotlari tomonidan berilib, tashqi savdo faoliyatini nazorat qilish shakllaridan biri hisoblanadi.
Patentli litsenziya - ma’lum bir muddatga ixtirochiga ixtirodan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. Litsenziyani tovarlar bilan birga sotish ichki va tashqi bozordagi asosiy jarayonlardan biridir. Litsenziyani berish haqidagi litsenzion kelishuvda tomonlarning kelishuviga ko’ra, litsenziyaning o’zidan va undan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlardan foydalanish tartibi kelishib olinadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   487   488   489   490   491   492   493   494   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin