Prokurist - turli kelishuvlarni amalga oshirishda cheksiz imkoniyatga ega bo’lgan, ba’zi g’arb mamlakatlardagi ishonilgan savdo korxonasi.
Prolongatsiya
Prokurist - turli kelishuvlarni amalga oshirishda cheksiz imkoniyatga ega bo’lgan, ba’zi g’arb mamlakatlardagi ishonilgan savdo korxonasi.
Prolongatsiya- kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
Pudrat - shartnoma, unga ko’ra, bir tomon ikkinchi tomonning (buyurtmachi) topshirig’iga ko’ra, ma’lum bir ishni o’zining yoki buyurtmachi materiallaridan bajarish majburiyatini oladi. Buyurtmachi esa, shartnomada kelishilgandek, bajarilgan ishni qabul qilish va to’lovini amalga oshirish majburiyatini oladi.
Pul - tovar almashishi rivojlangan davrda stixiyali ravishda yuzaga kelib, tovarni ishlab chiqarish va almashtirishning boshlang’ich rivojida uning rolini almashtirishdagi muhim tovarlar o’ynagan. Asta-sekinlik bilan pul rolini qimmatbaho metallar bajargan va nihoyat umumekvivalent bo’lib, oltin yuzaga kelgan. Pulning quyidagi funktsiyalari mavjud: qiymat o’lchovi, muomala mablag’i, jamg’arish mablag’i, to’lov mablag’i va dunyo puli.
Pul - kartel shaklida vaqtinchalik monopol birlashish. Pul qatnashchilari xo’jalik mustaqilliklarini rasmiy saqlagan holda, umumiy xarajatlarni birgalikda qiladi va foydani o’zaro taqsimlaydilar. Ular oldindan belgilangan kvotaga asosan, qo’shma fondga kiriladilar. (kartel, kvotaga qarang)
Pul mablag’lari - korxonaning kassasi, bankdagi hisob-kitobi, akkredetiv, boshqa maxsus hisobvaraqlardagi, moddiy javobgar shaxslardagi pul ko’rinishidagi mablag’lar. Korxonaning ortiqcha pul mablag’lari bankdagi hisobvaraqlarda saqlanishi shart.
Korxonaning kassasidagi naqd pul mablag’i belgilangan me’yordan oshmasligi lozim (kassa limitiga qarang). Kassada limitdan ortiqcha naqd pul mablag’i faqatgina ishchilarga mehnat haqi berish vaqtida ko’p bo’lishi mumkin. Naqd pullar faqat qonunda ko’rsatilgan holatlarda (mehnat haqi to’lash, hisobdor bo’naklar, inventar buyumlar sotib olishda va boshqalarda) beriladi. Korxonalar esa, o’zaro hisob-kitobni naqd pulsiz olib boradilar (naqd pulsiz hisob-kitoblarga qarang).
Pul hujjatlari - dam olish uylariga, sihatgoh, bolalar dam olish uylariga yo’llanmalar, pochta markalari, avia pattalar va boshqalar. Pul hujjatlari 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)” hisobvarag’ida hisobga olinadi. Ularning analitik hisobi esa, pul hujjatlarining turlari bo’yicha alohida hisobga olib boriladi.