Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə502/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Relevantli daromad va xarajatlar – kelajakda yuzaga kelishi kutilayotgan, boshqaruv qarorlari ta’sirida o’zgaruvchi daromad va xarajatlar.
Remissiya - kamayish hisobiga hisob bo’yicha to’lov summasini yaxlitlash uchun chegirtma.
Renta - 1. Kapital, mulk yoki erdan foydalanish natijasida olinadigan doimiy daromad bo’lib, oluvchidan tadbirkorlik faoliyatini talab etadi. 2. Davlat qarzi obligatsiyalari bo’yicha olinadigan daromad.
Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’larining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Retorsiya - bir davlatning ikkinchi davlatga yoki uning fuqorolariga huquqning paymol etilishiga javob sifatida chegaralash tadbirlarini qo’llashi: bojlarni ko’tarish, sanitar tekshiruvi maxsus qoidalarini qo’llash va boshqalar ko’rinishida yuzaga keladi.
Retsessiya - pasayish. Ishbilarmonlik faoliyatining passivlashishi, asosan, ikkita choraklik davomidagi faoliyat ma’lumotlari asosida o’rganiladi.
Retsipient - qandaydir to’lov yoki daromad oluvchi jismoniy, yuridik shaxs yoki davlat.
Revolvatsiya - boshqa mamlakatlarning xorijiy valyutalariga nisbatan milliy valyuta (pul birligini) kursining oshishi yoki pul birligidagi oltin hajmining rasmiy oshishi. Qarama-qarshi (teskari) holatda esa, devolvatsiya deyiladi.
Reyting - 1. Baholash, sinfga, bosqichga, kategoriya yoki razryadga qo’shish. Moliyaviy va tijorat muassasalari turli usullarga asosan, kompaniya, korxonalar holatini tahlil etadi va ularning kredit qobiliyatini aks ettiruvchi kredit reytingini aniqlaydi.
2. Ijarachi tomonidan kelgusida sotib olish huquqi yo’q bo’lgan, mashina va uskunalarni qisqa muddatli (qoidaga asosan, 6 oygacha) ijarasi.
Mashina va uskunalar egasi, asosan, reyting xo’jaligi bo’lib, ijara shartnomasi muddati davomida ijara ob’ektida mulkchilik huquqini saqlab qoladi va uskunalarni ta’mirlash xarajatlarini amalga oshiradi Ko’p hollarda reyting to’lovi lizing to’loviga nisbatan yuqori bo’ladi.
Davlat kredit reytingi - kreditni qaytarmaslik xavfi darajasidan kelib chiqib, kompaniyalarning kredit qobiliyatini baholash. Reyting sarmoyadorlar uchun orientir bo’lib, kompaniyalar faoliyati haqidagi to’liq ma’lumot asosida maxsus firmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ring - tadbirkorlarning qisqa muddatli kelishuvi. Unda foyda olish uchun turli tovarlarni bozordan sotib olish va kelgusida uni yuqori bahoda sotish maqsadi ko’zda tutiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin