Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə71/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Cheklar bilan hisob-kitoblar. Chek - chek beruvchining hisobvarag’idan chek oluvchining hisobvarag’iga chekda belgilangan summani o’tkazish bo’yicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjatidir. Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi.
Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladi. Chekning maksimal summasi O’zR Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi.
Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag’ida alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to’lovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Chek jismoniy shaxslar tomonidan omonat hisobvarag’idagi mablag’lar yoki topshirilgan naqd pul mablag’lari hisobidan beriladi.
Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan bo’lsa, u holda chek summasi “Harakatsiz depozit majburiyatlari” 29842 bank balans hisobvarag’ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda ko’rsatilgan summani to’lab berishi lozim.
Cheklarni berish tartibi:
a) chek berilayotgan vaqtda, unda bankning mas’ul xodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi shart:
- chek berilgan sana;
- chek bo’yicha beriladigan summa;
- jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami;
- chek beruvchining hisobvarag’i;
- chek bergan bankning nomi va unikal kodi (xos raqami);
- chek amalda bo’ladigan oxirgi sana.
Mazkur rekvizitlar to’ldirilgandan so’ng, bank buxgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qo’yilib, kesish chizig’ida qolgan sonlar chek summasiga muvofiq bo’lishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak. Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari ko’rsatilgan holda alohida daftarga yozib qo’yiladi;
b) bank kassiri bankning mas’ul xodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach:
- hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi;
- chek oluvchi shaxsni chaqiradi, undan chek uchun to’lovni qabul qiladi;
- chek oluvchiga chekni beradi;
- amaliyot kunining oxirigacha chek milkini o’zida saqlaydi;
c) amaliyot kunining oxirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani ko’rsatadi hamda chekning milklarini bankning mas’ul xodimiga topshiradi.
Chekning milki “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag’idagi alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi. Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
d) chek blankini to’ldirishda xatoga yo’l qo’yilgan taqdirda, ushbu blank buzilgan deb topiladi va o’rniga yangisi to’ldiriladi.
Buzilgan chek blanki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
- “hisob-kitob cheki” degan so’zlarning bir qismi qirqib olinadi;
- chek blankiga “buzilgan” degan yozuv kiritiladi va sana ko’rsatiladi;
- bosh hisobchi va kassir tomonidan imzolanadi;
e) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blanklarining hisobi qat’iy hisobda turuvchi blanklar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va ko’zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag’ida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blanklari chiqim orderi bo’yicha ko’zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag’idan hisobdan chiqarib boriladi.
Cheklar bilan to’lovlar quyidagicha amalga oshiriladi:
a) chek to’lovga taqdim qilingandan so’ng, chekni to’lovga qabul qilgan tashkilot xodimi chekning orqa tomoniga tashkilot muhri va mansabdor shaxsining imzosini qo’yadi;
b) tovar (ish, xizmat) qiymati chekda ko’rsatilgan summadan kam bo’lgan taqdirda, chekni to’lovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining 25 foizigacha bo’lgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin;
c) to’lovga qabul qilingan cheklar uni to’lovga qabul qilgan tashkilot tomonidan xizmat ko’rsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi;
d) bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo’yicha to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilgan taqdirda, cheklar bo’yicha to’lovlar chekni to’lovga qabul qilgan tashkilot hisobvarag’ining krediti va “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 19903 balans hisobvarag’i orqali chek taqdim etuvchi hisobvarag’ining debeti bo’yicha o’tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko’rsatilgan taqdirda:
* chekda ko’rsatilgan summa chek oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvarag’iga o’tkaziladi;
* bankning elektron hisob-kitob cheki elektron to’lovlar tizimi orqali chek beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
* elektron chekda ko’rsatilgan summa chek beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
e) chek merosxo’rlar va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan chekning amal qilish muddati o’tganligidan qat’i nazar, xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosxo’rlar va boshqa shaxslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda ko’rsatilgan summa to’lab beriladi;
f) foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank xodimi:
- chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaxsning vakolatliligini tekshiradi;
- chekning old tomoniga “Summa _______-sonli hisobvaraqqa o’tkazilsin” deb ustxat yozadi;
- chekni bosh hisobchiga beradi;
g) yo’qotilgan cheklar bo’yicha unda ko’rsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi.
5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’ida chek daftarchalaridagi pul mablag’larining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablag’larini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’ining debeti va 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning to’lovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’ining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to’lanmagan (to’lovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari”hisobvarag’ida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’ining qoldig’i bank ko’chirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’ining kreditida 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag’larning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari bo’yicha yuritiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin