MChJ “Bahrom” 31.11.2019 yildagi (28 dan 30.11.2019 gacha bo’lgan davr uchun) quyidagi pul hisob-kitob hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan qabul qildi:
- materiallar etkazib beruvchiga to’lov uchun 2019 yil 28.11dagi 21-son to’lov topshiriqnomasi – 2 456 000 so’m va QQS 368 400 so’m;
- soliq va majburiy ajratmalarga byudjet qarzini qoplash uchun 2019 yil 28.11dagi 22–son to’lov topshiriqnomasi – 4 333 000 so’m;
- bankning 845-sonli memorial orderi asosida 2019 yil 28.11da materiallar etkazib beruvchiga pul mablag’larini o’tkazish bo’yicha bank xizmatlari uchun haq to’lash– 5120 so’m;
- bankdan naqd pul olish uchun 2019 yil 30.11 dagi 38-son kassa kirim orderi kvitantsiyasiga asosan – 7 800 000 so’m;
- bankning 965-sonli memorial orderi asosida 2019 yil 30.11da naqd pul to’lagani uchun bank xizmatlariga komission haq – 14 160 so’m;
- 2019 yil 01.11 214-sonli shartnomaga asosan sotilgan mahsulot uchun 2019 yil 30.11dagi 221-sonli xaridorning to’lov topshiriqnomasi bo’yicha pul tushumi – 9 428 000 so’m va QQS 1 414 200 so’m.
Yechim:
Bank ko’chirmasini qayta ishlash va barcha xo’jalik operatsiyalar summalarning to’g’riligini tekshirgandan so’ng bankning 2019 yil 28 noyabrdan 30 noyabrgacha bo’lgan davrdagi hisob-kitob hisobvarag’idan ko’chirmasi asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi.