Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə12/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
suv havza. majmua

Tindirgichlar neft sanoatidaham qo’llaniladi. Ma’lumki neft mahsulotlari suvni yuzasida suzib yuradi. Ularni tindirgichlar yordamidaham oqova suvlarni tozalab olsak bo’ladi. Oqova suvlarni muallaq cho‘kma qatlami orqali cho‘ktirish, iviq hosil qilish va filtrlash jarayonlarini qo‘shib olib borish natijasida tozalash samaradorligi 70 % ga etadi.
Nefttutgichlar - tarkibida 100 mg/l dan ortiq konsentratsiyadagi yirik dispersli neft va neft mahsulotlari bo‘lgan oqova suvlarni tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu inshoatlar to‘g‘ri burchakli uzunasiga cho‘zilgan rezervuarlar bo‘lib, ularda neft va suv zichliklarining farqi hisobiga ularning ajralishi jarayoni sodir bo‘ladi. Neft va neft mahsulotlari yuzaga qalqib chiqadi, oqova suv tarkibidagi mineral aralashmalar esa, nefttutgich tubiga cho‘kib qoladi. Suzib yuruvchi aralashmalarni oqova suvdan ajratib olish, qattiq muallaq zarrachalarni cho‘ktirishga o‘xshab ketsada, undan farqi, bu holdagi zarrachalar zichligi oqova suv zichligidan kichik, shuning uchun zarracha cho‘kish o‘rniga yuzaga qalqib chiqadi.
Nefttutgichlar uch turda bo‘ladi: gorizontal, ko‘pyarusli va radial. Ular oqova suvlardan neftni va qattiq moddalarni chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan.
Gorizontal nefttutgichlar ( tindirgich ko‘rinishida bo‘lib, vertikal devorlar bilan seksiyalarga ajratilgandir. Oqova suv har bir seksiyaga kiradi. Qalqib yuruvchi neft qirg‘ichli mexanizm orqali teshikli burilma quvurlar tomonga siljitiladi va nefttutgichdan chiqarib yuboriladi. Qattiq moddalarning cho‘kmasi chuqurchaga qirib tushirilib, u yerdan gidroelevatorlar yordamida chiqarib tashlanadi. Nefttutgichdan keyin oqova suvdagi qoldiq neft mahsulotlari tarkibi – 100 mg/l.
Gorizontal nefttutgichlarni hisoblashda seksiyalar sonini kamida ikkita, seksiyalar kengligini 2...3 m, suv qatlami chuqurligini 1,2...1,5m, unumdorlikni 45 l/s deb qabul qilinadi.

Suv o‘tkazish qobiliyati 396 bo‘lgan oddiy nefttutgich:
1 – neft devori quvuri; 2, 3 – tegishli ravishda chap va o‘ng qirg‘ichli transporter; 4 - gidroelevator; 5, 6 – elektr yuritgichli suriladigan qopqoq; 7 – suvni gidroelevatorga uzatish.
Qalqib chiqqan neft mahsulotlarining qalinligi 0,1 m. Nefttutgichdagi umumiy bosim yo‘qotishlar 0,4…0,5 m.
Sentrifugalash – oqova suvlarni tozalashda cho‘ktirish va filtrlash usullariga ko‘ra kamroq qo‘llaniladi. Buning sababi sentrifugalash energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi jarayon ekanligidadir. Sentrifugalarni qo‘llashning shartlari quyidagilardan iboratdir: 1) cho‘kma tarkibida qimmatbaho mahsulot bo‘lib, uni utilizatsiyalash mumkin bo‘lgan hollarda sanoat oqova suvlarini lokal tozalashda; 2) iflosliklarning tarkibi mayda dispersli aralashmalar bo‘lib, ularni ajratib olish uchun reagentlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
Sentrifugalar tindiruvchi va filtrlovchi bo‘ladi. Oqova suvlarni tozalashda filtrlovchi sentrifugalarni yirik dispersli sistemalarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi, tindiruvchi sentrifugalarni esa, qiyin filtrlanadigan mayda va yirik dispersli sistemalarni ajratib olish uchun, shuningdek, suspenziyalar zarrachalarining o‘lchamlari va zichliklari bo‘yicha sinflash uchun ham qo‘llaniladi. Sanoat oqova suvlarini tozalash uchun tindiruvchi sentrifugalarni qo‘llash afzalroq hisoblanadi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin