I O`QUV MATERIALLARI 1.1 Ma’ruza mavzulari mazmuni 1-mavzu: Suv manbalari va uning sanitar holati. Yer kurrasida suvlarning joylashishi turlicha. Yerostisuvlarining o‘zi kamida uch xil chuqurlikda joylashgan. Ulardan tashqari, yer ustida joylashgan yuza suv havzalari mavjud.
Fan-texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda shahar, qishloq va posyolka aholisi uchun yerosti va yuza suvlardan keng miqyosda foydalanilmoqda. Qanday suv manbai boiishidan qat’i nazar unga boigan gigiyenik talab xoh tabiiy suv boisin, xoh turli usullar bilan tozalangan suv boisin, iste’mol qilinganda hech qanday yuqumli kasallik keltirib chiqarmasligi kerak. Ular zaharli va radioaktiv moddalar bilan zararlanmagan boiishi, mazasi, hidi. rangi o‘zgarmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi ham o'zgarmagan boiishi zarur.
Yerosti suvlari. Yerostisuvlari asosan yer ustki suvlari, yog‘ingarchilik oqibatida paydo bo‘lgan suvlarning yer ostki qavatiga sizib o'tishidan hosil boiadi. U yerning pastki, chuqur, suv o‘tma qavatida to‘planib, yerning osti suv havzalarini paydo qiladi. Yerostisuvining tarkibi tog‘ jinslarining tuzilishiga bog‘liq.
Yerosti tog‘ jinslari suv o‘tkazuvchi va suv o‘tkazmaydgan jinslarga iarqlanadi. Suv o'tkazuvchi jinslarga qum, qumsimon jinslar, shag‘al, ohaktoshlar va darz ketgan raa’danlar kiradi. Suv о‘tkazmaydigan jinslar jipslashgan qattiq granit, qum qavati, ohaktoshlar yoki loy qavatidan iborat. Suv o‘tkazuvchi va o‘tkazmaydigan jinslar ko‘pincha qavat-qavat joylashgan bo‘lib, ular orasida suv harakati mavjud. Yerostisuvlari turli chuqurlikda joylashadi. Ular 1,5 metrdan 16 km gacha yetishi mumkin. Yerostisuvlari yana bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Bosimli yerosti suvlari ancha chuqurlikda joylashadi.
Respublikamizda yerosti suvidan juda keng foydalaniladi. Sobiq SSSR hududida uning hajmi 23,4 million km . Hozir ko‘pchilik shahar aholisi yerosti suvlaridan foydalanadi. Masalan, Minsk, Kiyev, Tyumen, Vitebek, Toshkent shaharlari aholisining deyarli teng yarmi yerosti suvlari bilan ta’minlangan. Kelajakda yerosti suvlaridan keng ko‘lamda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda ham yerosti suvlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Masalan, Yaponiyada yiliga 75,5 mlrd tonna suv kishilar ehtiyoji uchun sarflanadi, undan 13 mlrd tonnaga yaqini yerosti suviga to‘g‘ri keladi.
0‘zbekiston hududidagi yerosti suvlarining ko‘pchiligi tarkibi jihatidan GOST talabiga javob beradi.