Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati


- rasm. Yerostisuvlarining joylashishi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə3/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
suv havza. majmua

3 - rasm. Yerostisuvlarining joylashishi

  1. - suv o'tkazuvchi qavat; 2 - suv о'tkazmaydigan qavat; A - yuza yerosti suvi; В - yerosti grunt suvlari. '

Grunt suvlar. Yerostining eng yuqori, suv o‘tkazmas qavatida joylash- gan suvlar grunt suvlar deyiladi. Bunday suvlar asosan filtrlanish oqibatida paydo bo‘ladi va suv havzalarining bosimi bo‘lmaydi. Yer relefi pastqam bo‘lgan joylarda yerosti suvlari yer yuziga buloq bo'lib otilib chiqishi mumkin. Buloq va chashmalar tepaliklar, tog‘larning yon bag'rida, pastqam yerlarda ko‘p uchraydi. Bunday chashmalar yuqoriga ko‘tariluvchi chashmalar deyiladi. Ko‘tariluvchi chashmalar sanitariya nuqtai nazaridan ancha xavfli hisoblanadi.
Grunt suvlar quduqlar yordamida ham olinadi hamda ularning miqdori yog'ingarchilik miqdoriga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Grunt suvlar odatda 1,5-2 metr, goho 3-10 metr chuqurlikda joylashadi. Ularning tarkibida tuz boiishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko‘p jihatdan o‘sha joyning sanitariya holatiga bog‘liq.
Yuqorida joylashgan yerosti suvlari. Ba’zan ular grunt suvlar yuqorisida joylashadi. Yuqori yerosti suvlari suvga bardosh beradigan yoki suvni kam o‘tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to‘planishi doimiy bo‘lmay, ular asosan yog‘ingarchilikka bog‘liq. Yuqori yerosti suvlari yer yuzasiga yaqin bo‘lgani uchun ular tez-tez mikroorganizmlar, tuzlar, zaharli ximikatlar, mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanib turadi. Bunday suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Ularni zararsiz holatga keltirilgandan so'nggina ichish mumkin.
Artezian suvlar. XII asrda Fransiyaning Artezia viloyatida yerosti suvlaridan foydalanishgan. Shuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat nomi bilan ataladi. Artezian suvlar chuqur yerosti qatlamlarida to‘planadigan yuqori bosimli suvdir. Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki ko‘p qavatli jinslarning tagida joylashgan bo‘lib, qatlamlar orasida yotadi. Suv tashuvchi qavatlar ifloslanishdan ancha himoyalangan bo‘ladi. Artezian suv havzalari juda chuqurlikda joylashadi. Ular filtrlanib, so‘ngra yer yuzasiga chiqadi yoki chiqariladi.
Bosimli suvlar gravitatsion kuchlar va atmosfera bosimi ta’sirida suvning elastiklik xususiyati sababli harakatga keladi. Suv o'tkazmaydigan jismlar oralig‘ida qisilib yotgan suv doimo bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi bilan bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi, ba’zi holatlarda yer tagidan o‘zi otilib chiqishi ham mumkin. Ba’zan ular bosim ta’sirida bosimsiz suv qatlamlariga ko‘tarilishi ham mumkin. Har bir suv qavatining o‘z oziqlanishzonasi, bosim chegarasi va bo'shashish zonalari bor. Ayniqsa, bo‘shashish zonalaridagi suvlar yer yuzasiga daryolar yoki ko‘llar tagidan yo‘l topib chiqadi. .
Qatlamlararo joylashgan bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash yo‘li bilan olinadi. Artezian suvlarning sifati uning qay darajada va qaysi masofada oziqlanishiga bog‘liq. Yerostisuvlarining kimyoviy tarkibi ko‘p jihatdan kimyoviy reaksiyalarga, suv sizib o‘tadigan jinslarning fizik xususiyatlariga bog‘liq.
Hozir yerosti suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy element topilgan. Ftor, mis, rux, temir, fosfor, kalsiy, magniy, xrom, qo‘rg‘oshin va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning suvdagi miqdorlari bir-biriga sira o‘xshamaydi, albatta. Ba’zilar mikrogrammlar miqdorida topilsa, ba’zilari bir necha o‘n mg lab topiladi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda suvdagi ftor, temir, kalsiy, magniy miqdorining yetarli bo‘lishi katta ahamiyatta egadir.
Qatlamlararo yerosti suvlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ularda erigan oksigen bo'lmaydi, ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini shakllantirishda katta ahamiyatta ega.
Qatlamlararo yerosti suvlarining oziqlanish maydoni qancha keng va uzoq bo‘lsa, u shuncha toza va tarkibi doimiy bo‘ladi. Suv tarkibining doimiy bo‘lishi sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega.
Yerosti suvlariga tabiiy omillardan tashqari, ba’zan sun’iy omillar ham ta’sir ko'rsatadi. Jumladan, suv qatlamlaridan noratsional foydalanish, suvdan namuna olish, yerosti suv havzasiga boshqa suv manbalaridan suvning sizib o'tishi, yer qavati butunligining buzilishi va boshqalar suv tarkibini o'zgartirib yuborishi mumkin.
Yerosti suvlarining iflosianishiga sanoat korxonalaridan chiqadigan iflos suvlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, foydalanilmay yotgan quduqlar, daryo suvlarining sizilishidan ham yerosti suvlari ifloslanishi mumkin.
Suvning ifloslanishi suv tashuvchi qavatdagi jinslarning strukturasiga ham bog‘liq. Masalan, suvning harakati juda mayda zarrachali (qum) jinslarda yuz bersa, zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uning tezligi turlicha bo‘ladi.
Olimlarning fikriga qaraganda, suvning harakat tezligi bir kunda bir necha 10 sm dan 1-3 metrgacha bo‘lishi mumkin ekan. Agar tog‘ jinslari orasida yoriq bo'lsa, suv harakati bir necha 10 metrga yetishi mumkin. Umuman olganda suvning filtrlanishi suv tarkibidagi zarrachalar, mikroblarning ushlanib qolishiga yordam beradi.
Darz ketgan jinslarda esa filtrlanish bo‘lmaydi, suv jins yoriqlari, bo‘shliqlari orqali oqib o‘tadi. Shuning uchun ham darz ketgan jinslardan o'tadigan yerosti suvlarini tozalash zarur. Ko‘pincha, qatlamlararo yerosti suvlari ichimlik suvi hisoblanib, ishlanmasdan iste’mol qilinaveradi. Chunki uning sifati, kimyoviy va bakteriologik tarkibi doimiy va davlat standarti talabiga javob beradi. Yerostisuvlarining bir-biridan kamchiligi ularni markazlashgan vodoprovod tarmoqlariga ulab bo‘lmasligidadir.
Artezian quduqlardan foydalanish davrida suvni yer yuzasiga ko‘tarish uchun o'rnatilgan uskunalar suvni so'rishi natijasida quduq atrofida bosimi kam zona paydo boiadi. Bosimning kamayish darajasi suv ko‘targich uskunalarning quvvatiga, suvning hajmiga, suv tashuvchi qavatlarning bosim darajasiga va boshqalarga bog‘liq. Suv tortuvchi asboblar ishlatilishi natijasida depressiya chuqurligi deb nomlanadigan chuqurlik hosil boiadi. Bu chuqurlik maydoni o‘sha joydagi gidrogeologik sharoitni o'zgartirib yuboradi. Natijada o‘sha joyning sanitariya holati buziladi. Chunki hosil boigan chuqurlikka yuqorida va pastda joylashgan qo'shni yerosti havzalaridan suv oqib kela boshlaydi, goho darz ketgan jinslardan oqadigan suvlarni yuqoriga tortishi mumkin. Oqibatda ishlatilayotgan artezian quduq suvlari bakteriologik va kimyoviy tarkibi jihatdan o‘zgarib, kishilar sogiigiga putur yetkazishi mumkin.
Umuman olganda, qatlamlararo yerosti suvlaridan foydalanish daryolar oqadigan vodiylar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Sababi shundaki, daryo sohillariga suv chiqarish quduqlari o‘matish birmuncha qulay va u yerda qo‘shimcha suv doimiy bo‘ladi. Chunki daryo suvlari doimo yerga sizilib, suv manbalarini toidirib turadi.
Yerosti suvlaridan tobora ko‘proq foydalanilayotganligi yerostidagi qo'shimcha suvlarni ko‘paytirishni talab qiladi. Buning uchun murakkab boimagan uskunalar yordamida sun’iy suv inshootlari qurilib, yerosti havzalarida suv to‘plashga imkon yaratiladi.
Yerosti suv manbalarini sun’iy ravishda toidirish nazarda tutilsa, u holda yuza suv havzalariga sanitariya-himoya zonasi tashkil qilinadi. So‘ngra suv tindiriladi va filtrlanadi. Aholiga tarqatishdan oldin uni albatta zararsiz holatga keltirish zarur. Infiltratsiya (sizish) hovuzlariga tushadigan suv jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarga ega boiadi. Sizish hovuzlaridan loy-qumli suv tashuvchi qatlamlargacha boigan masofa 50 metr, yirik qumli yoki shag‘al toshli qatlamlar uchun 100-200 metr boiishi kerak.
Ma’lumki, kichik hududlarda katta sanoat korxonalarining paydo boiishi, odamlar sonining ortib borishi, transport vositalarining ko‘payishi, ko‘p qavatli binolarning qad ko‘tarishi suvga boigan talabni oshirdi. Ammo yerosti suvlarining miqdori aholining suvga boigan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirmaydi. Demak, bu ehtiyojni qondirish uchun ochiq suv manbalaridan foydalanishga zarurat tugiladi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin