Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati


-mavzu: Oqova suvlarni hosil bo’lishi



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə10/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
suv havza. majmua

4-mavzu: Oqova suvlarni hosil bo’lishi.
Oqova suvlar hosil bo‘lishi sharoitiga qarab maishiy, fekal, ntmosfera va sanoat oqova suvlariga bo‘1inadi.
Xo'jalik-maishiy oqova suvlari — bu dush, yuvinish, ham- mom, kirxona, ovqatlanish xonalari, hojatxona, polni yuvishdan hosil bo’ladigan suvlar hisoblanadi. Bu suvlarning tarkibida taxminan 58a organik va 42a mineral moddadan iborat aralashmalar hosil bo‘ladi. Atmosfera oqova suvlari — yomg‘ir va qor erishidan paydo bo‘ladigan va korxona hududidan oqib chlqndigan suvlar. Ular organik hamda mineral qo‘shimcha1ar bllnn ifloslangan bo‘ladi.
Sanont oqova suvlari organik va noorganik xomashyoni qayta lshlash va qnzib olishda hosil bo‘liıdi. Texnologik jarayonlarda oqova ıuvlnrnl hosil qiluvclıi nınnhnlar$a quyidagilar kiradi: 1) kimyoviy ıoahılyııl«t h‹›r1slı1 nat ijnsldn hosil bo‘ladigan suvlar (ular t›tuhlsııg’lcll moddnlnr ya ronksiyn mahsulotlari bilan ifloslanadi); 11 aomaıhyo va boahlang'ich mahsulotlardagi erkin va bog‘1angan hamda qayta lshlnsh )arayonlarida hosil bo‘ladigan namlik ko‘rini- shldagi suv; 3) xomashyo, mahsulot va qurilmalarni yuvishdan so‘ng hosil bo‘ladigan suv; 4) oqadigan suvli eritmalar; 5) suvli ekstraktlar va absorbentlar; 6) sovituvchi suvlar; 7) boshqa oqova suvlar; vakuum-nasoslardan, aralashtirish kondensatorlaridan, gidrozol yo‘qotishdan, idishlarni, qurilmalarni va binolarni yuvish- dan tushadigan suvlar.
Oqova suvlarning miqdori va tarkibi ishlab chiqarish turiga bog‘liq. U turli moddalar:
1) biologik nobarqaror organik birik- malar;
2) kam zaharli noorganik tuzlar;
3) neft mahsulotlari;
4) biogen birikmalar;
5) o‘ziga xos zaharli moddalar, jumladan, og‘ir metallar, parchalanmaydigan organik sintetik birikmalar bilan ifloslanishi mumkin:
Oqova suvlar tarkibida erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq dag‘al dispers va kolloid aralashmalar, ba'zan erigan gazlar (vodorod sulfid, karbonat aneidrid va bosh bo‘ladi
Tayyor mahsulot olish uchun texnologik siklni to‘1iq o‘tishda foydalanilgan suv boshlang‘ich, oraliq va oxirgi mahsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, rnineral o‘g‘itlar va noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar, kislotalar, ishqorlar, har xil tuzlar (ftoridlar, sulfatlar, fosfatlar, fosfıtlar va boshqalar) bilan, asosiy organik sintez ishlab chiqaruvchi korxonalar oqova suvlari
— yog‘ kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar, aldegidlar bilan; neftni qayta ishlash korxonalarining suvlari — neft mahsulotlari, yog‘lar, smolalar, fenollar, SFM lar (sirt faol moddalar) bilan; sun'iy tola, polimer, har xi1 sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari — monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari bilan ifloslangan bo‘1adi.
Oqova suvlarning zararlilik darajasi undagi ifloslantiruvchi moddalarning (zaharlilik) xususiyati va tarkibiga bog‘1iq. Og‘ir metallaming tuzlari, sianidlar, fenollar, vodorod sulfıd, kanserogen moddalar va boshqa shu kabi moddalar oqova suvning yuqori darajada zaharlanishiga va hidi o‘zgarishiga olib keladi.
Oqova suvlarning ishqoriy yoki kislotali bo‘1ishi quvur materialiga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalo chi inshoot- laming uskunalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Sanoat oqova suvlarining ifloslilik darajalari doimo nazorat qilib turiladi. U quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1. Organoleptik ko‘rsatkich1ar (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi, loyqaligi va boshqalar).
2. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkich1ar (optik zichligi, pH, harorati, elektr o‘tkazuvchan1igi, ishqoriyligi, kislotaliligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, sirt tarangligi va boshqalar).
3. Erigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kislorodga bo‘1gan kimyoviy ehtiyoj va kislorodga bo‘1gan biokimyoviy ehtiyoj.
4. Dag‘a1 dispers, kolloid zarrachalar shaklida aralashmalar- ning mavjudligi.
Oqova suvlarning tahlili organoleptik va fizik-kimyo iy ko‘rsat- kichlarni aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra iflos aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi. Qurigan qoldiq qizdirilganda uning miqdorining kamayishi oqova suvda organik modda borligini bildiradi. Ko‘pincha oqova suvlar qizdirilganda anorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin. Shuning uchun organik moddalarning borligini kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj (KBKE) na kislorodga bo‘1gan biokimyoviy ehtiyoj (KBBE) ni aniqlash yordamida isbotlanadi.
KBKE — kislotali muhitda oksidlo chi modda — kaliy perman- ganatga (KMnO4) loki kaliy bixromat (K2Cr,O7)ga ekvivalent miqdorda sarflanayotgan kislorodning miqdori.
KBBE — ma'1um vaqt davomida organik aralashmalarni aerob biologik parchalanishi uchun sarflanayogan kislorodning miqdori va u permanganatli loki bixromatli oksidlanish yo‘1i bilan aniq- lanadi. Har ikkala usulda ham kislorodning miqdori sarfbo‘1ayotgan oksidlovchi, ya'ni KMnO4 yoki Cr,O, ning miqdoriga ekvivalent bo‘1ishi kerak.
Ifloslangan oqova suvlar miqdorini kamaytirishning qator yo‘llari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
l) chiqindisiz texnologik jarayonlarini yaratish va qo‘ llash;
2) mavjud jarayonlarni takomillashtirish;
3) zamonaviy qurilmalarni yaratish va qo‘l1ash;
4 havoda sovitish qurilmaJarini qo‘11ash;
5) aylanma va yopiq tizimlarda tozalangan oqova suvlarni qo‘11ash.
Oqova suvlarni samarali tozalash sxemasini tanlab olish uchun eng qulay bo‘1gan sinflanish akad. L.A. Kulskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu sinflanishga binoan oqova suvlar 4 guruhga bo‘1inadi:
I guruh — tarkibida o‘1cham1ari l0‘3:—1'0 m bo‘lgan suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan oqova suvlar;
II guruh — tarkibida o‘lchamlari 10 5+10 7 m bo‘1gan suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan ifloslangan oqova suvlar;
III guruh — tarkibida suvda erigan organik moddalar bilan ifloslangan oqova suvlar;
IV guruh — tarkibida suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan oqova suvlar.


Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin