Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə33/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
suv havza. majmua

Quritish.
Oqova suvdan quruq moddani ajratib olish uchun purkovchi quritgichlar ishlatiladi. Bunday quritgichlarda suspen- ziya yoki kolloid eritma o‘1chami 10—50 mkm gacha bo‘1gan tom- chilar holatida sachratiladi. Ular quritgich hajmida issiq havo yoki o‘txona gazlari oqimiga tushadi. Quritish kamerasida bu oqimning chiziqli tezligi quritilgan material zarrachalarining cho‘kish tez- ligidan kam bo‘1ishi va 0,2-0,5 m/s ga teng bo‘1ishi kerak. Mate- rial tomchilarining havo bilan bir-biriga tegish yuzasi 1 m' mate- rialga 300000 m' ga yetadi. Bunday sharoitda quritish tezligi ancha oshadi, uning davomiyligi esa kamayadi.
Quritilgan materialni gaz oqimidan ajratish uchun siklon, skubber, yoqali filr va elektrofıltr- lar ishlatiladi.
Oqova suvlarni quritgichlarda purkash uchun markazdan qochma, pnevmatik yoki mexanik purkagichlar qo‘1lani1adi. Unumdorlik yuqori (20—40 t/s gacha) bo‘1ganda aylanish tezligi 100—200 m/s li disksimon markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan purkagichlardan foydalaniladi. Pnevmatik purkagich- lar — oddiy forsunkalar bo‘1ib, ularda purkash 0,15-0,3 MPa qoldiq bosimgacha siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Mexa- nik purkagichlar — bu suyuqlik 20 MPa gacha bosim ostida beri- ladigan forsunkalar hisoblanadi. Ularda purkash ingichka suyuq- lik oqimini devorga urilishi yoki ikki ingichka suyuqlik oqimini bir-biriga urishilishi natijasida hosil qilinadi.
Purkagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ular mash'a1aning ma'1um shaklini, tomchilar o‘lchamining bir xilligini; energiya- ning minimal sarfi va ishda ishonchli bo‘1ishini ta'minlashi; tuzi- lishi oddiy va unumdorligi yuqori hamda narxi arzon bo‘lishi kerak.
Purkashli quritish quyidagi jarayonlarga ega: materialni dis- pergirlaydi, dispergirlangan material va qurituvchi agentning ha- rorati va ular orasida issiqlik almashinishi hamda quriyotgan zarrachalarning issiqligi va massasini o‘tkazadi. 7.10- rasmda purka- gichli quritgich sxemasi keltirilgan.

7.10- rasm. Purkagichli quritgich chizmasi:
1—o'choq; 2—quritish kamerasi; J—purkagich; 4—nasos; J—sig‘im; Wsiklon; 7—parrak; g—yoqali filtr.
Gazlarning bosh1ang‘ich harorati materialning xossasiga bog‘liq va 70—1000°C atrofida bo‘1adi. Quritgichdan chiqayotgan material harorati 50-120"C ni tashkil etadi.
Suyuqliklarni forsunka va disk yordamida purkashda ishlati- ladigan quritish kameralarining tuzilishi har xi1 bo‘ladi 7.11- rasmda ularning ba'zilari keltirilgan.



Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin