Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə13/33
tarix21.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#125733
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
portal.guldu.uz-Stol tennisi (majmua)

ZARBA BERISH TEXNIKASI
Sharga zarba berish uch bosqichdan iborat bo‘ladi: siltash (turtib), zarba berish paytining o‘zi va zarba berishning yakunlanishi. Stol tennisida zarba berishning 20 dan ortiq tulari mavjud. Biroq endigina o‘rgana boshlagan o‘yinchilar uchun 8-10 ta asosiy zarbalar qo‘llaniladi. Ulardan eng ommaviylari bilan tanishib chiqamiz.
Turtib zarba berish (tolchok) - stol tennisidagi eng oddiy zarba. Turtib zarba berishda o‘yinchi stol chekkasidan 50-80 sm masofada joylashgan bo‘ladi va shar tomonga mos ravishda dastlabki holatni egallaydi. Qo‘l o‘ngga yoki chapga uzatiladi, bilak stolning o‘yin sahniga parallel joylashadi (raketka stolga nisbatan to‘g‘ri burchakhosil qiladi).
Shar stoldan sakragan va setkadan yuqoriga ko‘tarilgan paytda raket oldinga yo‘naltiriladi hamda engil tekis harakat qilinadi. Bunda qo‘l shar yo‘naltirilayotgan tomon oxirigacha cho‘ziladi. Pastlatib yo‘naltirilgan sharlarni qaytarishda raketkani shardan teskari egish lozim.
Yuqoridan yo‘naltirilgan sharlarni qaytarishda, aksincha, raketkani ozgina shar tomonga egish kerak.
Raketkaning orqa va old tomoni bilan turtib o‘ynash keyinchalik o‘ng va chap tomondan qirqma va qaytarma zarbalarni o‘rganishga asos bo‘ladi.
Qaytarma zarba (perekrut) - bu zarba turtib zarbalar berish texnikasini yanada murakkablashtiradi. Qaytarma zarbalarga bir vaqtning o‘zida ikkita kuch ta’sir qiladi: qo‘lning oldinga harakat kuchi va shaming intiluvchi harakat kuchi. Shuning uchun ham qaytarma zarbalar shaming uchish tezligi bo‘yicha stol tennisidagi eng tezkor zarbalardan biri hisoblanadi. Qaytarma zarbalar ko‘pincha, chap tomondan beriladi.
Dastlabki holatda o‘ng oyoq oldinga chap oyoq esa orqaga joylashadi. Shar stoldan sakragan, lekin hali o‘zining eng yuqori ko‘tarilish nuqtasiga etmagan paytda raketka to‘r tomonga engashtiriladi, bilak bilan raketka oldinga yo‘naltiriladi. Agar raqib yo‘naltirilgan Shar kuchli yuqori aylanishga ega bo‘lsa, shar bilan uchrashish uning o‘rta va yuqori qismida ro‘y berishi uchun raketkaning oldinga engashishi kattaroq bo‘lishi lozim. Qaytarma zarbalarning harakati itarma zarbalarnikiga nisbatan tezroq bo‘lishi kerak. Qaytarma zarbalar, asosan, zarbalarni qaytarishda foydalaniladi.
Zarba-o‘yindagi asosiy hujumkor va himoya harakatidir. Zarbalar Shaming boshlang‘ich tezligi, shar aylanishi tezligi va yo‘nalishi, ularning o‘zaro munosabati va zarba joyidan kelib chiqqan holda qaytariladi.
Shaming aylanish harakatiga va taktik mo‘ljallanishiga qarab zarbalarni Shartli ravishda oraliq, hujumkor va himoya zarbalariga ajratish mumkin.
Oraliq zarbalar ancha oddiyroq. Bunday zarbalarga blok, turtki bilan orqaga qaytarish va kesib urishlar kiradi.
Hujumkor zarbalar esa sharga qo‘shimcha aylanish kuchi beradigan va oldindan tayyorlangan va yakunlovchi zarbalardir. Bunday zarbalar quyidagilar:
• uzatish (podacha);
• to‘lqinli (nakat);
• top-spin;
yakunlovchi;
• aks to‘lqinli (kontrnakat);
• kesish;
• chaqmoq.
Himoya zarbalari shaming qaytarma aylanishi bilan xarakterlanadi. Asosan, o‘rta va uzoq zonalarga beriladi. Ba’zan kuchli zarbalarni qaytarish uchun shar yuqorisiga va yon tomoniga aylanma zarba beriladi. Bu texnik usullarni qo‘llash ko‘p tomondan raketkani ushlash holatlariga va o‘yinchining dastlabki holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Nakat
Nakat stol tennisida eng keng tarqalgan zarba turidir. Nakat usulida zarba berishdan maqsad-sharga yuqori aylanish va etarli tezlik berib, kuchli yo‘llangan shaming aniq nishonga borib tushishini ta’minlashdir, bu esa o‘yin davomida tashabbusni qo‘lga olish uchun kurashishga imkon beradi.
Zarba paytida «yopiq» raketka shaming yuqori qismiga tegadi, bu sharga hujumkor va aylanma harakat beradi. Sharni uzatish uchun raketka ushlagan qo‘l yuqori tezlanishga ega bo‘lishi lozim.
Bajarish tafsilotlariga bog‘liq ravishda zarbaning turlari ko‘p, ammo asosan standart asosiy stoykada turib raketka ushlagan qo‘lni yuqoriga- oldinga harakatlantirish bilan bajariladi. Sharga zarba berish shar yon tomonda sportchidan sal oldinda stoldan qaytib irg‘ishning eng yuqori nuqtasida joylashgan paytda amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda nakatdan foydalanish ayniqsa yuqori malakali tennischilarda sezilarli darajada kamaydi, chunki bu usulda hozirgi zamon stol tennisi talablariga unchalik mos kelmaydigan bir qator kamchiliklar mavjud:
• kuchsiz yuqori aylanish;
• shar parvozi burchagini aniq tanlash zaruriyati;
• shar parvozining etarli tezlikka ega emasligi va nisbatan past
irg‘ishi.
Tekis yassi (ploskiy) zarba
«Tekis (yassi)» atamasi shaming aylanishini emas, balki raketka harakatining yo‘nalishini belgilaydi.
Yassi zarbani bajarishda qo‘l raketka bilan oldinga harakatlanadi, bunda bilak va elkaoldi qismi o‘zaro joylashuv tartibini o‘zgartirmaydi.
Yassi zarbalar ancha engil va shaming shiddatli parvozi hisobiga ancha samaralidir. Ushbu zarbani berish chog‘ida zarbaning butun kuchi shaming uchish tezligiga o‘zgaradi. Raketka shaming uchish traektoriyasiga perpendikulyar (90 gradus burchak ostida) holatda joylashadi.
0‘yindagi vaziyatdan kelib chiqib yassi zarba oraliq, yakunlovchi yoki qarshi zarba sifatida qo‘llanilishi mumkin. Xitoylik tennischilar yassi zarbadan ko‘pincha hujumga tayyorgarlik zarbasi sifatida foydalanadilar.
Yassi hujumkor zarbani bajarish uchun tennischining butun tanasi harakatga kelishi lozim: oyoqlar, elka bog‘lamasi, elkaoldi, panja va bilak. Ammo amaliyotda bu faqat tennischi uchun etarli joy va zarbani tayyorlash uchun etarli vaqt bulgandagina mumkin bo‘ladi.
Hozirgi zamon tezkor o‘yini sharoitida zarbani bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlar, odatda, minimal darajaga keltiriladi va yelka hamda yelkaoldi zarbasining yakunlovchi qismiga qoldiriladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin