Aldamchi xarakat (skidka) Aldamchi xarakat (skidka) tennis stoli ustida bilak zarbasi bo‘lib, raqib tomonidan yuborilgan qisqa sharga birinchi hujumkor yurishdir.
Aldamchi xarakat (skidka) texnikasi jihatidan murakkab zarbalar sirasiga kiradi, shaming aylanishiga bog‘liq bo‘Imagan qisqa shar uzatishning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda asosan musobaqa jarayonida yuqori malakali tennischilar tomonidan qo‘llaniladi.
Aldamchi xarakatni bajarish chog‘ida tennischi stol yaqinida joylashgan bo‘lishi lozim, sharni egallab olish butunlay stol yuzasi ustida bajariladi, bilak orqaga qayrilgan, raketka ochiq bo‘lishi kerak. Zarba shaming eng yuqori parvozida raketkani oldinga va bir oz yuqoriga harakatlantirgan holatda beriladi.
Qisqa zarba Qisqa zarba asosan hujumkor uslubdagi tennischilar tomonidan himoyalanuvchiga qarshi qo‘llaniladi. Bunday zarbadan so‘ng shar, agar uni raqib qabul qilib olmasa, uning yarim maydonidan bir nechta marta irg‘ib o‘tadi.
Zarba stol ustidan qo‘yi aylanishli qisqa va o‘rtacha sharga qo‘l bilagi bilan beriladi. Raketka neytral holatda yoki bir oz ochiq holatda bo‘ladi, shar energiyasi bilakning engil harakati bilan o‘chiriladi, shundan keyin shar irg‘ib o‘tganidan so‘ng qisqa traektoriya bo‘ylab uchadi.
Hujumdagi tennischiga qarshi qisqa zarba raketkani sharga tekkan paytida bir oz orqaga tortish bilan passiv blok sifatida qo‘llaniladi, bunda shaming tezligi pasayadi.
0‘ngdan to‘lqinsimon (nakat) zarba.
Ushbu zarbani bajarish paytida dastlabki holatda oyoqlar elka kengligida, ular tizzadan bukilgan, oldinga chiqarilgan, tana og‘irligi barobar tashlangan bo‘ladi. Gavda stolga chap tomondan salgina bukilgan, qo‘l zarba berish uchun o‘ngga-orqaga uzaytirilgan. Harakat oyoqlar, raketka va yaqinlashayotgan shar teng tomonlama uchburchak hosil qilinganida boshlanadi, ya’ni sharga zarbani shar sakrashining eng yuqori nuqtasiga etganida, u yon tomonga va uzoq oldinga joylashganida beriladi.
Zarbadan keyin qo‘l yuqoriga-chapga harakatni davom ettiradi. Zarba paytida og‘irlik markazi chap oyoqqa siljiydi. To‘lqinsimon zarbadan keyin hozirgi holatda turib qolmaslik uchun darhol navbatdagi o‘yin harakatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan holatni egallash mumkin.
Zarbaga tayyorlanayotgan paytda sportchi o‘ng elkani tushira turib chap tomoni bilan stolga yanada kuchliroq buriladi. Qo‘l stoldan ko‘tarilayotgan paytda o‘yinchi elkalarini ko‘tarmasdan chapga aylanishi mumkin. Shundan so‘ng birdan o‘ng oyoqni to‘g‘irlab chapdan harakatni tezlashtirib raketka qo‘shimcha kuch bilan sharni raqib tomonga uradi. Raketkani sharga tegish burchagi qaytarilayotgan shaming aylanish kuchiga bog‘liq. Aylanish qancha kuchli bo‘lsa raketkaning stol tomoni egilish burchagi shunchalik katta. Shar spinning asosiy vazifasi sharga kuchli yuqori va yon aylanishni berishdir.