Hujumchining himoyachiga qarshi o‘yin taktikasi Himoyalanayotgan o‘yinchi sharni sust yunaltirishga odatlanadi, u kamdan - kam tavakkal qiladi. ”shar uzatish - xisob yutish” kombinatsiyasi bunda odatiy emas. Bunday o‘yinda xisobga urinish jarayonida qo‘llaniladigan kombinatsiyalarning salmog‘i ortadi.
Baribir himoyalanuvchi bilan uchrashganda, hujumkor o‘yinchi kuchli yakunlanuvchi zarbaga yoki top - spinga tayanadi. Biroq kuchli zarbaga yoki top - spinga qaror qilishdan avval ularni tayyorlash lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham himoyachi bilan o‘ynayotganda, zarbalarni o‘rtacha kuch bilan berish kerakligini, hujumni yakunlashga shoshmaslikni, qisqa shar uzatishlarni uzun shar uzatish bilan almashtirishni unutmaslik kerak. Uzun burama zarbalar seriyasidan keyin kutilmaganda, stolning o‘rtasiga qisqa zarba beriladi. Keyin to‘g‘ri zarba bilan hujumni yakunlashga urunish kerak.
Himoyachilarning umumiy kamchiligi shundaki, ular to‘g‘ri o‘yinchining gavdasiga (qorniga) berilgan zarbalarni yomon qabul qiladilar. Hujumni burchaklarga qiyshiq zarbalar berish bilan olib borish, uni stolning o‘rtasiga berilgan zarba bilan yakunlash kerak. Agar himoyalanuvchi o‘yinni yomon almashtirayotgan bo‘Isa, unda qisqartirilgan zarbalar foydali bo‘laidi. Bunday hollarda qisqartirilgan zarbadan so‘ng hujumkor o‘yinchi kuchli elementni bajarishi lozim.
Himoyachining himoyachiga qarshi taktikasi Ikki nafar himoyachi o‘rtasidagi musobaqalarda “aks harakatlar” deb ataluvchi harakatlar g‘alaba keltiradi. Ya’ni o‘xshash zarbalar beriladi. Boshqa holatda kombinatsiyalar himoyalanuvchi o‘yinchi kombinatsiyasiga qarshi kombinatsiya ishlatish yoki shuning aksi bo‘ladi.
Juftlik o‘yinlar taktikasi Juftlik o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish sherikni to‘g‘ri tanlash va uyg‘unlikka bog‘lik. Sherik o‘yin uslubiga va tez siljiy olish qobiliyatiga qarab tanlanadi.
Hujumkor uslubdagi tennischilar juftligi taktikasi yaqin zonada o‘ynaydi. Kamdan - kam hollarda o‘rta zonada o‘ynaydi va stoldan uzoqda qariyb o‘ynalmaydi. Stol yaqinida joylashish tezkor o‘yin olib borish imkoniyatini beradi. Yariantlar raqib sharni qaytarayotganda o‘z sherigiga xalaqit berishiga asoslangan. Buning uchin shar turli tomonlarga yunaltiriladi, bu esa raqiblarni stolning turli burchaklariga joylashishiga majbur etadi. Keyin shar ikki marta bir joyga yunaltiriladi. Bu taktika, ayniqsa, raqiblarning uyg‘unligi zaif bo‘lganida yoki raqiblar yomon siljishlarida juda qo‘l keladi.
Kombinatsiyalashgan uslubdagi tennischilarning o‘yin taktikasi juda universal. Uning asosiy foydaliligi hujumni himoya bilan aqlli olib borish, raqiblar uchun noqulay bo‘lgan zarbalarni ko‘proq berishdan iborat. Shuning uchun ham keyingi paytlarda bir - birini to‘ldiradigan hujumchi va himoyachidan juftliklar tuzilmoqda. Bunday juftliklar raqiblar uchun ancha noqulay bo‘lishi mumkin. Bunga faqat avtomatizm darajasiga etkazilgan o‘zaro uyg‘un hamda sherigini tushunish orqaligini erishish mumkin.
Himoya uslubidagi tennischilar juftligi asosiy e’tiborlarini zarbalarini hujumkor harakatlar hamda yakunlovchi zarbani berish uchun noqulay bo‘lgan Joyga sharni yunaltirishga qaratadilar. Raqiblarga kuchli psixologik ta’sirni har ikkala sherikning qarshi hujumlari o‘tkazadi. Agar sheriklardan biri qarshi hujumda kuchsiz bo‘Isa, u sharni raqibga noqulay bo‘lgan joyga yunaltirishga harakat qiladi. Sherigi esa qulay paytda hal qiluvchi zarbani beradi.
Agar har ikkala sherik ham qarshi hujum taktikasida zaifroq bo‘lsa, ular faqat raqiblarning xatti - harakatlarini kutishga majburlar.