Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə20/33
tarix21.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#125733
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
portal.guldu.uz-Stol tennisi (majmua)

Aralash juftliklar taktikasi
Aralash juftliklar taktikasi shunisi bilan ajralib turadiki, aksariyat hollarda erkak tennischi ayol tennischiga karaganda ancha yuqori texnik va yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Taktik muammolarni hal qilishda ayol o‘z sharigini berib qo‘ymasligi, erkak esa o‘z sharigini yutishga urinishi lozim. Aralash juftliklarda sheriklarning psixologik va o‘yin mutanosibligi muxim.
0‘yinlardagi na’munaviy kombinatsiyalar:
1. Erkak xisob yutish uchun raqibiga sherigi hal qiluvchi zarba berish uchun yuqoridan Sharni noqulay joyga yullaydi yoki qisqartirilgan keskin zarba beradi.
2. Erkak o‘yinchiga qarshi o‘ynayotgan erkak o‘yinchi kuchli burilgan zarba berishi yoki sharni qisqa kesma zarba bilan noqulay joyga yullaydi. Shundan song ayol sherigi hal qiluvchi zarbani yullaydi yoki qisqartirilgan zarbani beradi, sherigi esa hujumni yakunlaydi.
3. Erkak o‘yinchiga qarshi ayol o‘yinchi sharni burama zarba bilan kuchli javob zarbasi berish kiyin boTgan joyga yullaydi yoki sharni top - spin bilan boshlaydi. Shundan so‘ng sherigi shaming aylanishini tezlashtiradi yoki hal qiluvchi zarbani beradi.
4. Ayol o‘yinchiga qarshi o‘ynayotgan ayol o‘yinchi hujumni boshlab, qisqa kesma zarba beradi. Sherigi esa kuchli top - sping bajaradi yoki yakunlovchi zarbani beradi.
2-Savolninig bayoni
0‘YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASINI 0‘RGATISH
METODIKASI
Texnikaga va taktikaga o‘rgatish qiyin bo‘lganligi uchun sportchilarni 7-10 yoshdan jalb qilinadi, dastlab eng katta e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilishi kerak.
Trenirovka metodikasi sportchilarning yoshi jihatdan mos kelishi kerak. Stol tennisida sharni o‘yinga kiritish, himoya va hujum zarbalarini o‘rgatish uchun alohida e’tibor qaratish juda muhim. Jahon chempioni Yerner Shlagerning fikricha sharni o‘yinga kiritishning samaradorligi bu o‘yinchining yarim g‘alabasi hisoblanadi. Texnik usullarning hamma arsenaliga belgilangan ketma-ketlikda (osondan-qiyinga, oddiydan - murakkabga, ma’lumdan-noma’lumga uslublari) o‘rganish kerak. Bunday holatlarda ba’zi harakatli ko‘nikma va malakalarni hisobga olish zarur.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin