Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə12/33
tarix21.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#125733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
portal.guldu.uz-Stol tennisi (majmua)

Zarbalar tasnifi
Stol tennisinmg barcha texnik usullarim shartli ravishda quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Zarbani ljro etish asosiy rol o‘ynaydigan qo‘lmng bir nomli qismlarga ko’ra;
- panja;
- tirsak;
- elka usullan.
Zarba ljro etilayotgan joy bo‘yicha;
- yaqm zonadan (stoldan 1 m.gacha);
- o‘rta zonadan (stoldan 2,5-3,0 m.gacha);
- uzoq zonadan (stoldan 3 m.dan ko‘proq masofada).
Zarba berilayotgan vaqtga qarab;
- yarim parvozda;
- shaming ko‘tarilishida;
- shaming eng yuqori ko‘tarilish nuqtasida;
- shaming stolga tushishida zarbalar berish.
Kuchga qarab;
- kuchli;
- o‘rtacha;
- kuchsiz;
- to‘xtab qolgan zarbalar.
Aylanishiga ko‘ra;
- tekis;
- pastga aylanuvchi;
- yuqoridan aylanuvchi;
- yon tomonga aylanuvchi;
- aralash turdagi aylanuvchi zarbalar.
Mo‘ljalgakura;
- tayyorgarlik (oraliq);
- himoya;
- hujum;
- yakunlovchi zarbalar.
Yo‘nalishiga ko‘ra;
- to‘g‘ri chiziq bo‘ylab;
- diagonal chiziq bo‘ylab;
- qiyshiq zarbalar.
Uchish tezligiga ko‘ra;
- sust;
- o‘rtacha;
- tezkor zarbalarga bo‘linadi.
Aldamchi zarbalar
Aldamchi zarbalar-tryuk ko‘rinishidagi zarbalar bo‘lib, ijrochidan to‘xtovsiz mashqlar, Chaqqonlik, chaqqonlik va panja bilan ishlash mahoratini talab qiladi.
Bunday zarbalarni ijro etganda bir yo‘nalish ko‘rsatiladi, Shar esa boshqa yo‘nalishga yuboriladi, bir aylanish ko‘rsatiladi, lekin Sharga boshqacha aylanish beriladi va h.k.
Aldamchi zarbalarning turlari iuda ko‘p:
•tashqi tarafdan kesma holda ko‘rinadigan tekis aldamchi zarba. Sharni qabul qilayotganda raketkani yuqoridan pastga o‘tkaziladi, Sharga tegish paytida esa raketkani panjani mohirlik bilan ishlatish hisobiga qisqa muddatli to‘xtatish;
• yuqori aylanish o‘rniga kesmali aldamchi top-spin ishlatish. Qo‘l
harakati va zarbani bajarish tezligi iloji boricha top-spinga mos kelishi kerak, ammo raketkaning egish burchagini o‘zgartirish va uning harakat yo‘nalishini shaming qo‘yi yarim sfera qismiga zarba berish hisobiga sharga qo‘yi aylanish beriladi;
• qisqa aldamchi zarba, bunda zarba imitatsiyasi hujumkor zarbadan bir oz oldin bajariladi. Raqib sharga zarba berayotgan paytda o‘yinchi qisqa zarbani tugatishga xos bo‘lgan holatga o‘tib, qo‘lini to‘rga yo‘nalish bo‘yicha cho‘zadi. Raqib oldinga harakatni boshlashi bilan asosiy hujumkor zarba beriladi.
3-Savolninig bayoni

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin