Bundan tashqari, geokrimenogen vaziyatni muayyan mintaqaning jinoyatchilik darajasi deb tushunish mumkin. Albatta, yil davomida jinoyatlar tahlilini statistika bilan erishish uchun hech qanday yo‘l yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda mamlakatda ro‘yxatga olingan jinoyatlarning umumiy soni 51775 ta bo‘lib, bu jinoyatlarga 49011 ta kishi ishtirok etgan. 10,000 kishi boshiga jinoyatlar o‘rtacha soni bu yil 16 edi.
Shu bilan birga, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda-30 ta, Navoiy va Toshkentda - 23–24 ta, Sirdaryoda-20 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra Sirdaryo viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida nisbatan ijobiy ko‘rsatkich har 10000 aholiga 1 kishini, Surxondaryo viloyatida 9 kishini, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida esa 10 kishini tashkil etgan holda ulardan oldinda turadi. Respublikada o‘rtacha 16 kishini tashkil qilmoqda. 1.1-rasmdagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki Respublikamizdagi 14 ta ma’muriy birlikdan Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatidan keyin, 10 ta ma’muriy birlikdan oldinda turibdi. Bu biz uchun o‘rganishni zarurligini ko‘rsatmoqda. Toshkentda jinoyatchilikning nisbatan yuqoriligini bir qator sabablar bilan izohlash mumkin. Xususan, poytaxt mintaqasining sanoatlashuvi yuqori darajada urbanizatsiyaga ega. Bu yerda yirik sanoat markazlari mavjud. Toshkent ta’sirini va uning aglomeratsiyasini eslash ham muhim.