Sirdaryo viloyatida sodir etilayotgan jinoyatlar ichida jinsiy tarkibda farqlar bor, bunda asosan erkaklar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilmoqda. Ayollar o‘rtasida jinoyatlar soni kamaymoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida ham jinoyatlar soni sezilarli darajada kamayib borayotganligini bilishimiz mumkin.
Og‘ir turdagi jinoyatlar soni 2018-2020-yillar oralig‘ida o‘sish tendensiyasi kechmoqda. Shu bilan birgalikda iqtisodiy jinoyatlar ham 2018-2020-yillarda 237 tadan 373 tagacha ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin (2.1-rasm).
Geokriminogen vaziyat jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o‘rganish bilanbirga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi.
Dostları ilə paylaş: |