Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich


Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlarida geokriminogen vaziyatni yoritilishni kelajak istiqbollari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə29/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

3.2 . Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlarida geokriminogen vaziyatni yoritilishni kelajak istiqbollari

Professor A. Soliyev fikriga ko‘ra, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ichki tuzilishi to‘rt asosiy qismdan yoki blokdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:


1. Iqtisodiy geografiya – sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi geografiyasi, transport geografiyasi, qurilish geografiyasi, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish geografiyasi va h.k.
2. Sotsial-iqtisodiy geografiya – aholi va aholi punktlari geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, maorif va boshq.) geografiyasi, tijorat geografiyasi va h.k.
3. Sotsial geografiya – tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulq-atvor geografiyasi, turmush tarzi geografiyasi va boshq.
4. Siyosiy geografiya – geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy geografiya va boshqalar.
Har qanday fan borki uning o‘rganish obyekti va predmeti mavjud bo‘ladi. Barcha fanlarni o‘z o‘rni va nufuzi bo‘ladi. Fanlarni oson va qiyin toifaga bo‘lish juda mushkul holat, chunki oson bo‘lganda u fan sifatida “maydonga” chiqmagan bo‘lar edi.
Geokriminogen vaziyatni yoritishda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani asosiy tarmoqlaridan bo‘lgan Jinoyatchilik geografiyasi asosiy fan hisoblanadi.
Jinoyatchilik geografiyasi o‘rganishda eng ko‘p foydalanadigan metod sifatida:

  • Statistik tahlil;

  • Kuzatish;

  • Taqqoslash;

  • Sotsiologik so‘rovnoma.

Bu metodlar ichida eng ko‘p foydalanadigan metod statistik tahlil metodi hisoblanadi. Statistik tahlilda bor ma’lumotlardan foydalanib xulosalar chiqaradi. Agar geograf sifatida biz faqat statistik tahlildan foydalansak bu fanning o‘rni yo‘qolib boradi, chunki ichki ishlar sohasidagi xodimlar statistik tahlilni barcha ma’lumotlar asosida o‘zlari ham tuzaoladi. Geografiya sohasida u metod uncha samara bermasligi mumkin, yaxshi samara beradigan metod sifatida “Sotsiologik so‘rovnoma” metodini tanlagan maqbul hisoblanadi.
Jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari maxsus sotsiologik so‘rovlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent viloyati Zangi Ota tumani, hamda Bo‘stonliq tumanlarining Tovoqsoy qo‘rg‘onida joylashgan qattiq rejimli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 310 erkak maxbuslar, shuningdek, Toshkent shahrida joylashagan ayollar qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan 210 ta ayol mahkumlar va 196 ta voyaga yetmagan bolalar bilan, jami 716 ta respondentlar ishtirok etishgan. Ushbu maxbuslar orasida asosan jinoyatning o‘g‘irlik turi bilan ozodlikdan mahkum etilganlari ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, maxbuslarning o‘zbek va tojik millatlari orasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat turlarining salmog‘i yuqori. Rus mahkumlari orasida bezorilik hamda bosqinchilik jinoyatlari, tatarlar odam joniga qasd qilish jinoyatining salmog‘i nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Ayollar orasida jinoyatlarning asosiy qismi o‘g‘irlik bo‘lsa, jinoyatning kelib chiqish sababini beshdan bir qismi (20%) erim degan javobni berishgan.
Sotsiologik dastur bo‘lajak tadqiqot materiallarini to‘plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot obyekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma’lumotlarni to‘plash va tahlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin