Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich


Tadqiqot dasturi quyidagilardan iborat



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə30/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

Tadqiqot dasturi quyidagilardan iborat:
1. Tadqiqot o‘tkazishdan maqsad. Sirdaryo viloyatida geokriminogen vaziyatini aniqlash, ularning turlari kelib chiqish sabablari, oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar.
2. Tadqiqot obyekti. Sirdaryo viloyati geokriminogen vaziyati, olingan natijalarni Jinoyatchilik geografiyada Oliy o‘quv yurtlarida o‘rganib chiqiladi.
3. Tadqiqot predmeti. Sotsiologik so‘rovni olib borish ularning o‘rni va ta’siri masalalaridan iboratdir.
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida olib borilgan 3 ta mahallada 1. “Karvonsaroy”, 2. “Yettiguzar”, 3. “Xovosobod” sotsiologik so‘rov quyidagi tartibda olib borildi.
IJTIMOIY SO‘ROVNOMA
Hurmatli respondent!
Assalomu alaykum! Biz Sirdaryo viloyatining geokriminogen holati va uning statistik tahlili haqida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazmoqdamiz. Sizning fikringiz oshkor qilinmaydi va undan faqat umumlashtirilgan holda foydalaniladi.
So‘rovnomada ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
1. Yashash manzilingiz?Tuman__________qishloq __________ mahalla______________
2. Yoshingiz?_________
3 Millatingiz? ________________
4. Jinsingiz: erkak; ayol, (tagiga chizing).
5. Ma’lumotingiz:_______________
6 Xonadoningizda Siz bilan birga yashaydigan kishilar soni? ___________
7. Oilaviy ahvolingiz:oilali;oilasiz, (tagiga chizing).
GEOKRIMINOGEN HOLATGA MUHITNI TASIRINI BAHOLASH
8. Yashayotgan joyingiz chegaraga qay darajada yaqin ( qaysi davlatga chegaradosh)_____________________________________________________
9.Uy xo‘jaligingizga yaqin joydan magistral yo‘l o‘tganmi? (davlat va viloyatlardan o‘tgan yo‘l hisobga olinadi)_____________________________
10.Siz davlat chegaralari oldida yashayotgan bo‘lsangiz millatlar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lganmi? (bunga qanday muammo sabab bo‘lgan)_________________________________________________________
11.Siz yashayotgan hududda jinoyatchilikning qanday turiga duch kelgansiz?(turlarini yozing)__________________________________________
12. Siz yashayotgan mahallada qaysi millat vakillari ham yashaydi?________________________________________________________
13. Sizning mahallangizda qanday jinoyatlar sodir bo‘ladi? ________________________________________________________________
14. Spirtli ichimliklar iste’mol qilganmisiz? (bo‘lsa agar turini yozing)__________________________________________________________
15 Jinoyatchilikning qanday turlarini bilasiz? ________________________
16Jinoyatchilik holatiga nima sabab deb o‘ylaysiz? ____________________
17 Mahallangizdagi profilaktika inspektorlari ish faoliyatini qanday baholaysiz?______________________________________________________
18. Mahallangizda jinoyatchilik holati tufayli boshqa aholi punktiga ko‘chganlarbormi?_______________________________________________
19. Marhamat qilib aytingchi, siz ko‘chaga chiqib ketmoqchisiz uyingizni ochiq tashlab ketaolasizmi? (O‘g‘irlik holati kuzatilganmi?) ________________
20. Siz yashayotgan mahallada jinoyatchilik holatini qay darajada baholaysiz? ______________________________________________________
21.Jinoyatchilikni oldini olish maqsadida qanday choralarni qo‘llash lozim debo‘ylaysiz?____________________________________________________
22. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashishni qanday usulda olib borish kerak deb bilasiz? ________________________________________________________________
23.Ayollar va qiz bolalar bilan bevosita bog‘liq jinoyatlarga duch kelganmisiz?_____________________________________________________
24.Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlarini guvohi bo‘lganmisiz?____________________________________________________
25.Asli jinoyatni keltirib chiqaruvchi omil nima?
A)Oila B)Mahalla C)Jamiyat D)Irsiy omil
So‘rovnomada ishtirok etganingiz uchun MINNATDORMIZ!

T
adqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki 3ta mahallada 1. “Karvonsaroy”, 2. “Yettiguzar”, 3. “Xovosobod” mahallalarida chegara oldi bo‘lganligi uchun noqonuniy migratsiya holatlari mavjudligi qayd etildi. Milliy tarkibiga ko‘ra o‘zbek, tojik, rus millatlari eng ko‘p istiqomat qiladi.



Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin