VARIATSION HISOB VA OPTIMALLASHTIRISH USULLARI fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 130000 – Matematika Ta’lim yo’nalishi: 5130100 – Matematika
Guliston – 2022
“Variatsion hisob va optimallashtirish usullari”fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmua.
O’quv-uslubiy majmua Guliston Davlat universiteti ilmiy kengashi tomonidan (№ 1 sonli bayonnoma 30.08.2022) ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida qo’llashga tavsiya etilgan. Tuzuvchi: : H.Norjigitov – dotsent, – ‘Matematika’ kafedrasi dotsenti, fizika – matematika fanlar nomzodi.
“Variatsion hisob va optimallashtirish usullari”
Taqrizchilar: Q.Mo‘minov. – O’z.MU professori, fizika – matematika fanlari doktori.
Jamuratov – Gul.DU, ,, Matematika’’ kafedrasi dotsenti, fizika – matematika, fanlar nomzodi.
DASTLABKI MULOHAZALAR
1. Agar A-ixtiyoriy elementlar to’plami bo’lsa, u holda “a element A to’plamga tegishli” degan tasdiq ramziy ko’rinishda kabi yoziladi.
(yoki ) yozuv a elementning A to’plamga tegishli emasligini anglatadi.
Agar A va B-to’plamlar bo’lsa, u holda “A B to’plamning qism to’plami” (ramziy ko’rinishda degan tasdiq A to’plamning har qanday x elementi B to’plamga ham tegishli ekanligini anglatadi.
2. Ikkita A va B to’plamlarning birlashmasi va kesishmasi quyidagi tarzda aniqlanadi:
birlashma A va B to’plamlardan aqalli bittasiga tegishli bo’lgan x elementlarning majmuidir.
kesishma- bir vaqtning o’zida ham A ga, ham B ga tegishli bo’lgan elementlar majmuidir.