Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi



Yüklə 8,59 Mb.
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü8,59 Mb.
#139364
  1   2   3   4
anatomiya mustaqil ish

Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi

83F-23DI guruh talabasi

Choriqulova E’zoza

Mavzu: Qo’l suyaklarining variantli anatomiyasi, rivojlanish nuqsonlari, qo’l suyaklarining rivojlanishiga ichki va tashqi faktorlarning ta’siri

Yelka Kamari suyaklari

Clavicula

Scapula

Clavicula

S shaklida bukilgan uzun naysimon suyak.

O’mrov tanasi (corpus claviculae), to’shga qaragan uchi (extremitas sternalis) va acromion uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi.

To’sh qaragan uchi oldinga turtib chiqqan va yo’g’onlashgan bo’lib, to’sh suyagi bilan birikadigan bo’g’im yuzasi (facies articularis sternalis) bor. Uning orqaga qaragan kurak suyagining akromioni bilan birlashadigan yassi acromion bo’g’im yuzasi (facies articularis acromialis) bor.

O’mrov suyagi tanasining yuqori yuzasi silliq, pastki yuzasida boylamlar birikadigan konussimon do’mboqcha (tuberculum conoideum) va trapetsiyasimon chiziq (linea trapezoidea) mavjud.

Rentgenoanatomiyasi

Old to’g’ri proyeksiyalardagi rentgenogrammalarda o’mrov suyagi III-IV qovurg’alar sohasida gorizontal joylashgan quyuq soya beradi. O’mrov suyagining yuqori chekkasi tekis, pastki chekkasida uning ikkala uchi yaqinida g’adir-budirliklar ko’rinadi

Scapula

Unda 3 ta: angulus superior, angulus lateralis va angulus inferior hamda shunga mos ravishda 3 ta: margo medialis, margo lateralis va margo superior tafovut qilinadi. Facies posterior qavariq bo’lib, uni spina scapulae ikkiga: fossa supraspinata va fossa infraspinata ga ajratadi. Spina scapulae angulus lateralis tomonga ko’tarilib borib kengayadi va acromion ni hosil qiladi. Uning uchida facies articularis clavicularis bor.

Facies costalis biroz bukilgan fossa subscapularisni hosil qiladi. Angulus lateralis yo’g’onlashib, caput humeri bilan birlashadigan cavitas glenoidalisni hosil qiladi. Cavitas glenoidalis ustida tuberculum supraglenoidale, tagida tuberculum infraglenoidale bor. Cavitas glenoidalisdan keyin toraygan collum scapulae bor. Margo superiorda incisura scapulae bo’lib, u bilan bo’yini o’rtasida processus coracoideus ko’tarilib turadi.


Yüklə 8,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin