Kaft suyaklari va barmoq falangalari suyaklari qisqa naysimon suyaklar turkumiga kiradi. Ularning diafizida zich modda va suyak iligi bo’shlig’i biroz bilingan.. Suyak boshchasi yupqa zich modda qatlami bilan qoplangan. Suyak asosining bo’g’im chuqurchasida zich modda nisbatan qalin bo’ladi.
Tirnoq falangasining distal uchida g’adir-budir chekkali taqasimon kengaymasi – distal falanga do’ngligi bor. Kaft va barmoq falangalarining epifizlarida suyaklanish nuqtasi 2.5-3 yoshlarda paydo bo’lib, ular tanasi bilan 15-19 yoshlarda qo’shiladi
Polidaktiliya. Autosomalarda joylashgan genlar mutatsiyasi oqibatida yuzaga keladigan dominant holda irsiylanadigan kasallik. Polidaktiliyani 3ta asosiy turga bo’lish mumkin.
Postaksiyal polidaktiliya. Qo’shimcha barmoq qo’lning kichik barmoq tomonida joylashadi. Kavkazliklarda polidaktiliyaning bu turi 1339 tadan 1 tani tashkil etsa, afrikaliklarda 143 tadan 1tani tashkil etadi.
Radial yoki preaksiyal polidaktiliya. Bunda ortiqcha barmoq qo’lning bosh barmog’i tomonida bo’ladi, hindlarda ko’p uchraydi, har 3000tadan 1tasida.
Markaziy polidaktiliya. Bunda qo’shimcha barmoq o’rta yoki ko’rsatkich barmoqda bo’ladi.