Guliston davlat universiteti Umumiy kimyo kafedrasi


Xromatografiyaning nazariy asoslari



Yüklə 335 Kb.
səhifə3/8
tarix10.12.2023
ölçüsü335 Kb.
#139002
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-Xromotografiya

Xromatografiyaning nazariy asoslari
  • Xromatografiya usuli 1903-yilda rus botanigi M.S.Svet tomonidan tavsiya qilingan.
  • Har qanday xromatografik sistemada A modda molekulasi turg'un va harakatchan fazalar orasida dinamik muvozanatda bo'ladi.
  • Moddaning kolonka bo'ylab harakati natijasida diffuziya tufayli cho'qqilarning kengligi yemiriladi (yuviladi). Cho'qqilarning kengligi xromatografik sistemaning samaradorligi bilan belgilanadi. Xromatografik yo'l yemirilishining o'lchovi sifatida uzunlik o'lchamiga ega bo'lgan kattalik - nazariy tarelkaga ekvivalent balandlik (h) (NTEB) qabul qilingan:
    • Agar R= 1 bo'lsa, xromatogrammalar bir-biriga faqat 2 % gina kirishgan bo'ladi. Agar /?v<0,8 bo'lsa, ajratish qoniqarsiz bo'ladi. Ushbu tenglamadagi kattaliklarni boshqa xromatografik qiymatlar bilan almashtirib, xromatografiya uchun juda muhim tenglamani olish mumkinki, bu tenglama kelajakdagi aniqlashlarda qaysi qiymatga e'tibor berish kerakligini ko'rsatadi:
    • bu yerda, indekslardagi 1 va 2 birinchi va ikkinchi tarkibiy qismlarni ko'rsatadi. Ajratishning samaradorligini oshirish uchun nazariy tarelkalar sonini oshirish, buning uchun esa kolonkaning uzunligini oshirish yoki h ni kamaytirish kerak bo'ladi. Samaradorlik xromatografiyada asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Xromatografiyada moddalarning ajralishi va xromatografik zonalarning yuvilishi kuzatiladi. Martin va Sinj NTEB tushunchasini xromatografiyaga qo'llab, xromatografik zonalardagi
    • harakatni ifodalashdi.
    • Xromatografik kolonkani bir necha o'zaro ajralgan tarelkalar qatori, deb qarash mumkin. Bunda har bir tarelkada muvozanat holati (taqsimlanish) o'rnatiladi va harakatchan faza moddaning bir qismini bir tarelkadan ikkinchisiga va hk. tashiydi. Fazalararo tashilishda zonada moddaning turg'un sorbent va harakatchan faza orasida yangicha taqsimlanishi kuzatiladi. Oqibatda modda bir necha qatlamlarda taqsimlanadi, uning konsentrasiyasi, ayniqsa, o'rta qatlamlarda eng ko'p bo'ladi. Modda qatlamlar orasida qancha ko'p tarqalsa, xromatografik sistemaning samaradorligi shuncha kam bo'ladi. Moddaning ushlanish vaqti nazariy tarelkalar soniga mutanosib, ya'ni:
    • TK=bN,
    • bu yerda, b — mutanosiblik koeffitsienti. NTEB tushunchasi xromatografiyaning samaradorligini baholashda muhimdir. Bu nazariyadan mukammalroq bo'lgan kinetik nazariyaga muvofiq xromatografik sistema zonalarining yuvilishi quyidagi uch bosh sababga asosan sodir bo'ladi:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin