1) turli konsentratsiyali zonalarning sorbent qatlamida har xil tezlik bilan harakatlanishi (termodinamik tarqalish);
2) moddalardiffuziyasi (diffuzion tarqalish);
3) sorbsiya va desorbsiya jarayonlari tezliklarining har xilligi (kinetik tarqalish).
Termodinamik tarqalishda sorbsiya izotermasi (sorbentdagi modda miqdorining gaz yoki suyuqlikdagi konsentrasiyasi orasidagi bog'liqlik) egri chiziqli ko'rinishda bo'ladi. Bu xromatografik analizda nomaqbul bo'lgani bois, uning kuzatilmasligi uchun sharoit yarqjish zarur. Buning uchun bir jinsli sorbentlardan foydalanadilar. Diffuzion tarqalishning oldini olish maqsadida kolonka sorbent bilan astoydil va ravon to'ldiriladi. Kinetik tarqalish analiz qilinadigan modda oqimining tezligi tufayli yuzaga keladi. Bunda fazalar orasida muvozanat o'rnatilmay qoladi. Muvozanatning o'rnatilishini ta'minlash uchun oqim tezligini kamaytirish talab etiladi. Bundan tashqari, sorbent mayda zarrali bo'lishi ham foydalidir. Xromatografik sistemaning selekti vligi bilan NTEB qiymati orasida bevosita bog'liqlik bor. Buni 11.2-jadvaldagi qiymatlardan ko'rish mumkin.