Kolonkali suyuqlik xromatografiyasi. Usulning klassik variantida diametri 0,5-5 sm, uzunligi 20- 100 sm bo'lgan shisha naydan iborat sorbent (turg'un faza) bilan to'ldirilgan kolonkadan elyuyent (harakatchan faza) o'tkaziladi. Sorbent og'irlik kuchi ta'sirida harakatlanadi, sorbentning tezligini nayning pastki qismidagi kran yordamidaboshqarish mumkin. Ajratiladigan namuna kolonkaning yuqorigi qismidan kiritiladi. Uning harakati davomida moddalar ajrala boradi. Turli vaqt oralig'ida tahlil uchun elyuyent olinadi va u biror usul yordamida tekshiriladi. Keyingi davrda asboblar takomillashib, bu usul yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasiga aylandi va hozirgi vaqtda organik moddalar tahlilida asosiy usullardan bid bo'lib qoldi. Bu usulda zanglamaydigan po'latdan yasalgan, diametri 2-6 mm, uzunligi 10-25 sm va undan ko'proq bo'lgan kolonka o'lchami 3,5-10 mkm sorbent bilan to'ldiriladi. Detektor sifatida sezuvchanligi yuqori spektrofotometrlar ishlatiladi (ular 10~l(l M moddani aniqlashga imkon beradi). Turg'un faza sifatida harakatchan faza bilan aralashmaydigan, mexanik va kimyoviy barqaror, yetarli selektivlik va samaradorlikka ega silikagel (silikat kislota ivig'i - SiO2-xH2O), alyuminiy oksidi va boshqalardan foydalaniladi.
Ion almashinish xromatografiyasi suyuqlik xromatografiyasining bir turi bo'lib, unda sorbent sifatida ionit ishlatiladi va ajratiladigan modda ionit tarkibidagi ion bilan almashinadi