Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/6
tarix08.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126582
1   2   3   4   5   6
Jalilova kurs ishi

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.3.1 bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o’qitishni tashkil qilishning rejalari ko’rsatilgan. Ayniqsa, “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida “o’qitishning sifatini oshirish, DTS, o’quv dasturlari va o’quvuslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash ... samarali tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan. Maktab oldiga prinsipial yangi maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlangich kursi mazmunida ham, darslik va qo’llanmalar uni o’qitish metodikasida ham kattagina o’zgarishlar qiladi. Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablari B.S.MO’Mga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi, balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldida ulkan vazifa qo’yadi. Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov qo’llanmalari (M.Ahmedov, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to’plami (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich maktab o’quvchilarining algebrik bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to’xtalib o’tishgan.1 Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko’zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan. Boshlang’ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati mustaqil ishlash texnologiyasining ilmiy asoslash bilan birga “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borishni hisobga olib, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchlarni shakllantirish metodikasi” deb nomladik. Tadqiqot ob’ekti Boshlang’ich sinflarda matematik tushunchalarni o’qitish jarayoni.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin