Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/6
tarix08.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126582
1   2   3   4   5   6
Jalilova kurs ishi

Kurs ishining predmetini Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’qitilishini bir tizimiga keltirishni tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatishda bolalar tasavvurini kengaytirishning nazariy asoslarini aniqlab, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi farazi – Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatishda o’quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar: - amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, matematikadan mashg’ulotlar jarayonida ularning uzviy aloqalari ta’minlansa; - tushunchalarni o’rgatish mashg’ulotlari subekti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta’minlana borilsa; Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslanib, tadqiqotning vazifalari: 1. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish; 2.Matematika kursi materialida boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish mazmuni va o’rgatish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash.
Kurs ishining nazariy va metodologik asosi
Kurs ishining nazariy va metodologik asosi sifatida ta’lim va boshqaruv sohasidagi shaxs nazariyasi, o’qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi dasturiy fikrlari tashkil etadi.
Kurs ishi bosqichlari: Muammoni tadqiq etish quyidagi tartibda amalga oshirildi: Birinchidan tadqiqotning dastlabki ilmiy farazi ifodalandi. Bitiruv ishiga mavzusiga doir adabiyotlar o’rganildi.
Kurs ishi mazmuni, mohiyati, mashg’ulotlar, taxminlar ishlab chiqilib, keng ko’lamli tekshirish ishlari olib borildi. Ikkinchidan tajriba va nazorat guruhlaridagi o’quvchilarda algebrik tasavvurni hosil qilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan tajriba-tadqiqot ishlari tashkil etildi. Tadqiqot metodlari mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy va tarixiy tahlillar; tajribalar, kuzatishlar, anketa so’rovlarini uyushtirish, suhbatlar Respublika foydalanilayotgan o’quv qo’llanmalari, darsliklarini didaktik tahlil qilish, algebra elementlari o’rgatishga doir ishlanmalarini yozish va sinab ko’rish va h.k lardan foydalanildi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin