1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va mohiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “Asror bobo” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Hikoya mavzusi va mohiyati haqida fikr yuritish
2. “Asror bobo” hikoyasi obrazlariga tavsif bering.
3. “Asror bobo” hikoyasidagi Asror bobo obraziga tavsif bering.
4. Hikoyada personaj nutqiga ahamiyat bering.
5. Hikoyada qariyalar obrazi yaratilishiga ahamiyat qarating.
6. Hikoyadagi ayrim so‘z va iboralarga diqqat qarating.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq. A.Qahhorning “O‘zing shifo ber” hikoyasi tahlili.
1.1. «O‘zing shifo ber» hikoyasidagi bosh obrazga tavsif bering.
1.2. Hikoya mohiyatini izohlang.
2-topshiriq. A.Qahhorning ayrim hajviy hikoyalarini tahlil qilish.
1.1. “Dumli odamlar” hikoyasidagi obrazlarga tavsif bering.
1.2. “O‘jar” hikoyasi badiiyati haqida so‘zlang.
1.3. Obrazlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aytib bering.
Ushbu topshiriqlarni quyidagi javoblardan topasiz:
1. A.Qahhor. Asarlar. 5 jildlik, 1-jild, – T., 1987 y., 285, 291 – betlar.
2. A.Qahhor “Zamondoshlari xotirasida” – T., 1987 y., 361-bet