Kerakli jihozlar: Abdulla Qahhorning “Saylanma” kitobidan “Tomoshabog‘”hikoyasi, mavzuga oid ayrim nazariy adabiyotlar, Abdulla Qahhorning boshqa hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi: 1.“Tomoshabog‘” hikoyasi mavzusi va g‘oyasini aniqlash.
2.“Boshsiz odam” hikoyasi obrazlariga tavsif berish.
3. Bosh obrazlar talqiniga ahamiyat qaratish
4. Asardagi muallif nutqiga diqqat qaratish
5. Hikoyani bugungi kun nuqtai nazaridan baholash.
6. Hikoya badiiyatini dalillash.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1 – topshiriq. A.Qahhorning ayrim hikoyalari tahlili.
1.1. “Ig‘vogar” hikoyasini tahlil qiling.
1.2. “Nutq” hikoyasini tahlil qiling.
2 – topshiriq. “Xotinlar” hikoyasi tahlili.
2.1. Hikoyadagi obrazlarni tavsiflang.
2.2. Hikoya g‘oyasi, mavzusi haqida so‘zlang.
Ushbu topshiriqlarga javobni quyidagi adabiyotlardan topasiz: 1. A.Qahhor “Sarob”. Asarlar. 5 tomlik. 1-tom. – T., 1987 yil, 258-360-betlar
2. A.Qahhor. Tanlangan asarlar. – T., 2007 y., 24-137 – betlar.
1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va mohiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Hikoya mavzusi va mohiyati haqida fikr yuritish
2. “O‘g‘ri” hikoyasi obrazlariga tavsif bering.
3. “O‘g‘ri” hikoyasidagi Qobil bobo obraziga tavsif bering.
4. Hikoyada personaj nutqiga ahamiyat bering.
5. Hikoyadagi Amin obraziga tavsif bering.
6. Hikoyadagi hikmatli so‘z va iboralarga diqqat qarating.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.