1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va mohiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “Mahalla” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Hikoya mavzusi va mohiyati haqida fikr yuritish
2. “Mahalla” hikoyasi obrazlariga tavsif bering.
3. “Mahalla” hikoyasidagi Hikmat buva obraziga tavsif bering.
4. Hikoyada muallif nutqiga ahamiyat bering
5. Hikoyada qariyalar obrazi yaratilishiga ahamiyat qarating.
6. Hikoya tiliga diqqat qarating.
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq. A.Qahhorning “Ayb kimda” hikoyasi tahlili.
1.1. «Ayb kimda» hikoyasidagi bosh obrazga tavsif bering.
1.2. Hikoya mohiyatini izohlang.
2-topshiriq. A.Qahhorning ayrim hajviy hikoyalarini tahlil qilish.
1.1. “San’atkor” hikoyasidagi obrazlarga tavsif bering.
1.2. “To‘y” hikoyasi badiiyati haqida so‘zlang.
Ushbu topshiriqlarni quyidagi javoblardan topasiz:
1. A.Qahhor. Asarlar. 5 jildlik, 1-jild, – T., 1987 y., 285, 291 – betlar.
2. A.Qahhor “Zamondoshlari xotirasida” – T., 1987 y., 361-bet
Dars maqsadi: A.Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasi obrazlariga tavsif berish, asar mohiyatini anglash.
Identiv o‘quv maqsadlari
1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va mohiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.