9-MAVZU: Sovet xokimiyatining o’rnatilishiga qarshi qurolli xarakat Ajratilgan soat – 2 soat Ko’riladigan savollar rejasi Turkiston muxtoriyati va uning fojiali taqdiri.
Buxoro va Xorazmda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat.
Darsning maqsadi: Turkiston muxtoriyatining o’lkamizda birinchi demokratik davlat ekanligi, uning fojeali taqdiri. Sovet hokimiyatiga qarshi yurtimizda qurolli harakatning boshlanishi sabablari , harakatlantiruvchi kuchlari va ahamiyatini tushuntirish. Talabalar tafakkurida istiqlol g’oyalariga sadoqat, yurtga muhabbat, milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha:
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi va uning shovinistik siyosati. Turkiston muxtoriyati o’lkamiz aholisi hohish irodasining ifodasi sifatida maydonga keldi.Uning sovetlar tomonidan tor-mor keltirilishi (1.381-395; 2.254-259.)
2-asosiy savol bo’yicha:
Turkistonda mustabid sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. Farg’ona vodiysi qurolli harakatning markazi sifatida. “Farg’ona Muvaqqat Muxtoriyat hokimiyati” va Madaminbek. Harakatning mohiyati va harakatlantiruvchi kuchlari. (1.395-403; 2.268-271.)
3-asosiy savol bo’yicha:
Sovetlarga qarshi qurolli harakatning bosqichlari. Buxoro va Xorazm hududlarida ushbu harakatning yoyilishi, ularning etakchilari. Ibrohimbekning sharqiy Buxorodagi qarshilik harakati. Qurolli harakatning mag’lubiyati sabablari va oqibatlari.(1.403-426;2.273-277.)
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Rajabov U.,Haydarov M.Turkiston tarixi T.: Universitet.2002. 167b.
Ziyoeva D. Turkiston milliy ozodlik harakati. T.2000. 174b.
A’zamxo’jaev S. Turkiston Muxtoriyati T.: Ma’naviyat. 2000. 167b.