10-MAVZU:Sovet xokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati, uning mohiyati va oqibatlari Ajratilgan soat – 2 soat Ko’riladigan savollar rejasi Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi
Sovet hokimiyatining O’zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari
Urushdan keyingi yillarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zo’ravonligining ko’chayishi
Milliy ziyolilarni qatag’on qilishning yangi to’lqini
Darsning maqsadi: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar guruhi». «Inog’omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qatag’onligi. Diniy ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim. . Yurtimiz iqtisodiyotining markazga qaramligi va inqirozi sabablarini tushuntirish. Talabalarda vatanparvarlik, yurtparvarlik, hissini uyg’otish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha: XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berib bordi.
2-asosiy savol bo’yicha: Mustabid tuzum Markazda va joylarda o’z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab borar ekan, bunda u o’ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuchlarga tayanib ish yuritmog’i kerak bo’lardi.
3-asosiy savol bo’yicha: Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o’tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy - siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzuniyatlar ro’yobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy -siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi.
4-asosiy savol bo’yicha: Markaz mutasaddilari, mafkurachilari rahnamoligida o’tgan asrlarning 50-yillari boshlarida O’zbekistonda boshlanib ketgan ilg’or ziyolilar, ilm-fan, adabiyot, san’at, ma’rifat namoyadalarini quvg’in va ta’qib qilishlar, ular ijodidan kir izlash, ayb topishga urinishlar, shubhasiz, respublika ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi.
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.