13-MAVZU: Mustaqil O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni. Ajratilgan soat – 2 soat Ko’riladigan savollar rejasi O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi va taraqqiyot yo`li.
Siyosiy islohotlar. Davlat boshqaruv hokimiyati organlarining tashkil etilishi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlarining tashkil etilishi va ularning faoliyati.
Sud islohoti. O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari.
Darsning maqsadi: O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi uning tarixiy ahamiyatini, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishini, O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan ketayotganligini tushuntirish. Talabalar ongida mustaqillik va istiqlol g’oyalarini shakllantirish.
Jamiyatni siyosiy , demokratik islohatlarni chuqurlashtirishda yangi , yuqori bosqichga ko’tarilganligini, davlat qurilish va fuqorolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasiga katta ahamiyat berilayotganligini, fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlarining faoliyati, sud sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirish.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha:
O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. O’zbekiston Respublekasi Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonotining qabul qilinishi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining tuzilishi. Mustaqillik to’g’risida referendum va Prezidentlik saylovining o’tkazilishi. (1.529-543; 2.392-396.)
2-asosiy savol bo’yicha:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyati. Uning ikki palatali parlamenti (Qonunchilik palatasi, Senat) O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohot-larning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish, qabul qilingan qonun hujjatlarni ijrosini nazorat qilish. (1.555-558; 2.402-405.)
3-asosiy savol bo’yicha:
O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Oliy Majlis, milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijrioya hokimiyati –Vazirlar Mahkamasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari. Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi (1.556-558;2.402-406.)
4-asosiy savol bo’yicha:
Fuqarolarni ng o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida“gi Qonunning qabul qilinishi.Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati , siyosiy faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkazib borish zaruriyati. (1.556-558;2.402-406.)
5-asosiy savol bo’yicha:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to’g’risi”dagi qonun asosida o’tkazilgan sud islohotlari.Sud hokimiyati tizimi. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi. O’zbekistonda shaxs erkinligi , inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlarni qonun bilan himoya qilinishi. (1.559-564;2.406-411.)
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent. : O’AJBNT markazi, 2003. 675 b
O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. T. : Sharq. 2000. 223 b.