Darsning maqsadi:IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar davlati. Ijtimoiy - iqtisodiy hayot. Somoniylar sulolasi. Ismoil Somoniy. Ijtimoiy - iqtisodiy hayot. Qoraxoniylar xukmronligi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. G’aznaviylar davlati. Maxmud G’aznaviy davrida davlatning kuchayishi. G’aznaviylar bilan saljuqiylar o’rtasidagi to’qnashuv. Saljuqiylar davlati.
Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Xorazmshoh-Anushteginiylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Sulton Otsiz. Sulton Takash faoliyati. Muhammad Xorazmshox.
Seminar mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik ko’rsatmalar: 1-asosiy savol bo’yicha: Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi jo’shqin kurashini, intilishini so’ndira olmadi.
2-asosiy savol bo’yicha: Ettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkey qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955)yag’molar qavmiga mansub bo’lgan.
3-asosiy savol bo’yicha: 961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo’lgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin qo’lga kiritadi va bu hududda yangi davlatga - G’aznaviylar davlatiga asos soladi.
4-asosiy savol bo’yicha: Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot kechirgan. «O’g’iznoma» kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs boshchilik qilgan.
5-asosiy savol bo’yicha: Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan ta’sirini o’tkazib borgan.
Adabiyotlar: O’zbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik) Toshkent.:O’AJBNT markazi,2003. 675 b.
O’zbekiston tarixi:(Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchun darslik)Toshkent. : Iqtisod-moliya, 2006, 520 b.
Karimov Sh.,Shamsuddinov R.Vatan tarixiT.:O’qituvchi.1997.527 b.
Sagdullaev A., Aminov B., MavlonovO’., Norqulov N. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti T.: Akademiya. 2000. 271 b.
Irisov A. Hakim ibn Sino T.:O’zbekiston. 1992.102 b.
Komilov N. Najmiddin Kubro T., 1995.
Shayx Najmiddin Kubro ( maqolalar) T.: Yozuvchi.1995,79 b.