Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə13/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Muloqotpedagogik faoliyatning muhim kasbiy quroli bo‘lib, olimlar A.A.Kobolev, H.B.Kuzanina, U.A.Kan-Kalik, A.A.Monteev, A.N. Mudrik, A.U.Shcherbakovlar muomalaning o‘qituvchi faoliyatidagi muhim rol o‘ynashini isbotlashgan.
Pedagogik muloqotbu o‘qituvchining o‘quvchi(lar) bilan dars va darsdan tashqari paytdagi qulay psixologik holat yaratish maqsadida olib boradigan kasbiy mahorati.
Pedagogik muomala ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalarga ega: shaxsni anglash, axborot almashuv, faoliyatni tashkil etish, rol almashtirish, hamdardlik, o‘z qadrini bilish, ishtirokchilarni almashtirish, kechinmalar hosil qilish, o‘zida ishonchni shakllantirish va h.k.
Axborotlarning almashinish funksiyasi materiallarning va ma’naviy sifatlarini almashtirish ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish, ichki ijobiy o‘zgarishlarni hosil qilish hamkollikda bilishga oid qidiruv hamda ongli fikrlashga zarur sharoit yaratadi.
Pedagogik muomala tuzilishi – 1) pedagog tomonidan guruh bilan bo‘ladigan muomalani modellashtirishni “Prognostik bosqichi”. 2) dastlabki o‘zaro faoliyatga kirishuvidanoq bevosita muomalaga kirishuv(kommunikativlik hukm). 3) pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 4) kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo‘llanilgan muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish.
Noto‘g‘ri pedagogik muomala o‘quvchilar qo‘rquvini, ishonchsizligini, diqqati, xotirasini bo‘shashtiradi, bilish qobiliyatini pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorni shakllantiradi. Natijada o‘quvchida o‘qituvchi va predmetga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligi uning samaradorligini ta’minlaydi. A.S.Makarenko o‘qituvchi va o‘quvchi(lar)ning munosabatlarida asosiy narsa talabchanlik va hurmat bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlagan. Suxomlinskiy quyidagi mahoratli o‘qituvchi “maktab partalaridan aytilgan har bir so‘z, o‘yinlardan donishmanddono, maqsadga yo‘naltirilgan, to‘la ma’noli bo‘lmog‘i kerak”.
Muloqotni 2 qismga bo‘lish mumkin: ya’ni muomala va hamkorlikdagi harakatdan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar doimo o‘quvchilar bilan emotsional – turg‘un munosabatlarda bo‘lganlari o‘qishda, xulq-atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan teng va ishonch asosida hal etadi.
O‘quvchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan o‘qituvchilar esa o‘quvchilar ishonchini yo‘qotadi. Tilyog‘lamalik, o‘zini ko‘rsatish, ayditoriyada masxaratomuz qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar o‘qituvchining gurux jamoasi bilan munosabatlarida 3 ta uslub mavjudligini ta’kidlaydi: 1. Barqaror-ijobiy(turg‘un); 2. Faolsiz-ijobiy; 3. beqaror(turg‘un bo‘lmagan) uslub. O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan usullarini A.A.Leontev xulosalab, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan beqaror, o‘ta salbiy uslubda munosabatda bo‘lganligi o‘zlariga salbiy munosabatni yuzaga keltirishini ta’kidlaydi. Bunday o‘qituvchi ta’lim tizimiga va jamiyatga ziyon keltiradi.
Muomalada o‘qituvchilarning ish usullari 3 xil bo‘ladi:

  • So‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan uslub;

  • Demokratik uslub;

  • Ko‘ngilchanlik uslubi.

V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko‘rsatadi:

  • hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi;

  • o‘zlikni hush ko‘rish asosida aloqa uslub;

  • masofa asosida aloqa o‘rnatish uslubi;

  • do‘qlash, qo‘rqitish asosida aloqa o‘rnatish usuli;

  • hazil yoki o‘yin asosida aloqa o‘rnatish usuli.

Sh.A.Amanashvili do‘stlik asosida aloqa usuli haqida shunday g‘oyani ifodalaydi (“Agar bola bizdan uzoqlashsa, qanday qilib uni tarbiyalaymiz?”). “Faqat ma’naviy birlashmaslik – bundan boshqa hech narsa bu birlikni buzishi mumkin emas”. “Baqirish – insoniy munosabatlar madaniyati yo‘qligini yaqqol ko‘rinib turgan belgisidir. O‘qituvchining baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo‘yadi” - degan edi Suxomlinskiy.
O‘zaro hamkorlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatishning usullaridan biri ishontirishdir. Ishontirish – shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish tushuniladi. Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo‘linadi. Haqiqiy ishonch, e’tiqod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga, iroda va vijdoniga ta’sir etgani uchun ham inson uz ishonchini, e’tiqodini himoya qilib, ba’zan o‘limga ham tayyor bo‘ladi. Masalan: tarixdan bilamizki, xalq qahramoni oddiy cho‘pon Shiroq, o‘z elini bosqinchilardan saqlab qolish uchun jonini fido qilgan.
Soxta ishonch esa o‘zi yashayotgan muhitdan atrofdagi kishilarning ta’sirida to‘plangan salbiy xulq-atvor, tajribalar natijasida shakllanadi. Soxta ishonch va e’tiqod o‘quvchining atrofidagi shaxslarning noto‘g‘ri, nopok hayoti natijasida quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo‘ladi: halol mehnat bilan yashash, ma’lumki qiyin kechadi. Shu bois ma’lum toifa shaxslar turli xil nopok yo‘llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar.
Ishonch va ishontirish 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, bular o‘quvchining bilimlari, his-tuygusi va xulq-atvorida namoyon bo‘ladi:


  1. Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin