Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə28/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Yuqorigi nafas – bu nafasda yelka va ko‘krak qafasining yuqori qismi qatnashadi. Bu kuchsiz, yuzaki nafas olishdir. Bunda faqat o‘pkaning yuqori qismi qatnashadi.

  • Ko‘krak nafasi – bu nafasda qobirg‘alararo muskullar qatnashadi. O‘pkaning eniga hajmi kengayadi, ammo diafragma kam qatnashadi. Shuning uchun nafas chiqarish yetarli bo‘lmaydi.

  • Diafragmal nafas - bu nafasda diagfragmalning pastga (qorin tomoniga) cho‘zilishi yuz beradi va o‘pkaning nafas olishidagi roli uncha yetarli bo‘lmasdan qoladi.

  • Diafragmal-qobirg‘a nafasi. Bunday nafasda o‘pka eniga va bo‘yiga o‘zgaradi va diagfragmaning qisqarishi, qobirg’alararo muskullar va qorin muskullari qatnashadi. Bu eng to‘g‘ri nafas olish bo‘lib, asosan nutq nafasdan ushbu usulda foydalaniladi.

    O‘quvchilarga “Diafragmal – qobirg‘a nafasi”ning mexanizmini chizmalarda gapirib berish kerak.
    Ammo, oddiy nafas olgandagi havo nutq uchun kamlik qiladi. Nutq nafasida nafas chiqarish, nafas olishga qaraganda ancha cho‘ziqroq davom etadi. Ovoz nafas chiqarganda yuzaga keladi. Diafragmani, qorin muskullarini va qovurg‘alararo muskullarni mustahkam qiluvchi maxsus mashqlar mavjud. Bularga yotgan joyda burun orqali chuqur nafas olish kiradi. Siz o‘pkaning kichik bo‘lakchalari nafasga to‘lib kelayotganini, qorin muskullarining taranglashayotganini va pastki qovurg‘alarning kengayayotganligini sezasiz. Xuddi shunday mashqni tik turgan holda bajarishga urinib ko‘rish kerak. Ammo, iloji boricha havo o‘pkaning pastki qismlarida bo‘lishi zarur.
    Ovoz – ayniqsa, yaxshi ovoz maxsus mashq qilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi. Ovoz apparati uch bo‘limdan iborat:

    1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og‘iz bo‘shlig‘ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi.

    2. Rezonator tizimi – bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi.


    3. Yüklə 411,18 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin