Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə36/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

So‘z urg‘usi. So‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq, cho‘ziqroq talaffuz etilishi natijasida so‘z urg‘usi hosil bo‘ladi. So‘z urg‘usi odatda leksik urg‘u deb ham yuritiladi. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. So‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shila borishi bilan urg‘u ham ko‘cha boradi. Masalan: bola, bolalar, bolalarga, ishchi, ishchilar, ishchilarga va boshqalar. Ammo, bundan o‘zbek tilida urg‘uning o‘rni o‘zgarmas ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak. O‘zbek tilida shunday so‘zlar ham borki, ularning ba’zisida urg‘u so‘z boshida (kelsin, kimdir, barcha, hamma), boshqasida esa so‘z o‘rtasida (albatta, mardlarcha, afsuski) keladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, adabiy talaffuzni me’yorlashtirish va shu asosda, xususan, nutq madaniyatini takomillashtirishda urg‘uning ahamiyati kattadir. Shu ma’noda hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z urg‘usining vazifasi ancha kengayib bormoqda, jumladan, urg‘u ma’noni farqlash xususiyatiga ega: olma (meva, ot), olma (buyruq, fe’l), atlas (mato), atlas (geografik xarita), tugma (kiyim tugmasi, ot), tugma (buyruq mayli) va boshqalar.
Mantiqiy urg‘u. Mantiqiy urg‘u matnda yashiringan bo‘ladi. Badiiy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin mantiqiy urg‘uni aniqlash uchun matnni bir necha marta o‘qib, muallif maqsadini tushunish, so‘ngra mantiqiy urg‘uli so‘zni aniqlash mumkin. Mantiqiy urg‘u gap semantikasi bilan bog‘liq bo‘lib, uni nutqda alohida ta’kidlangan so‘zlardan qidirish lozim bo‘ladi. Odatda mantiqiy urg‘udan keyin qisqa to‘xtam qilinadi. Mutaxassislarning fikricha, har bir nutq bo‘lagida fikrni oydinlashtirib ko‘rsatadigan markaziy so‘z mavjud bo‘ladi. Mantiqiy urg‘u tushgan bu so‘z kuchaytirib talaffuz etiladi. Bu bilan u gapdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Yozuvda mantiqiy urg‘u maxsus belgi bilan ko‘rsatilmaydi. Og‘zaki nutqda esa ushbu urg‘u tushgan so‘z ovozni balandlatish yoki pastlatish kabi vositalar bilan ajratib talaffuz etilgani uchun tinglovchining diqqatini jalb qiladi. Shu ma’noda mantiqiy urg‘u gapning istalgan so‘ziga tushishi mumkin. Masalan: Bahor quyoshining nurlari dengizga sig‘may toshadi. Yettita so‘zdan iborat ushbu gapda har bir so‘zga mantiqiy urg‘u berib o‘qish mumkin.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin