Guliston davlat universiteti


Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha “defectus” – nuqson, kamchilik, “logos”



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə60/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha “defectus” – nuqson, kamchilik, “logos” – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Korreksion-pedagogik faoliyat – yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Ko‘rgazmali metodlar – predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Litsey (maktabda) ma’ruza – o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyila ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.
Loyilalashtirish (rejalashtirish) – o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Logopediya (yunoncha “logos” – so‘z, nazariya, ta’limot, “paideia” -tarbiyalash) – nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Madaniyat (“cultura” so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin