Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə61/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabdan tashqari ta’lim – madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari – o‘quv materiali mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda qo‘llaniluvchi usullar.
Mafkura (arabcha “mafkura” – naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” - ma’nolar majmui) – mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui.
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin