Guliston davlat universiteti


Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi. Tamoyil



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə63/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil (yunoncha “printsipium”) – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni – shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” - yo‘l) – tarbiya maqsadiga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli).
Tashxis – didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash.
Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm,chizma, dioproektor, magnitafon, video-magnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin