Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə22/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Birinchi qoida – “Hayotiy haqiqat” - deb nomlanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga soxta, balandparvoz, yasama gaplar va fikrlar emas, balki hayotiy haqiqat beriladi. O‘quvchilarga berilayotgan bilim va tushunchalar jonli, tabiiy, tushunarli bo‘lishi kerak. Mavhum fikr va g‘oyalarni o‘zlashtirish o‘quvchilar tomonidan qiyin bo‘lib, ular “quruq” gap bo‘lib qoladi.
Ikkinchi qoida – bu bosh vazifa bo‘lib, u mazmun va mohiyatdagi eng asosiy maqsaddir.
Bosh vazifa asar muallifining yoki o‘qituvchining eng aziz, muhim istagidir. Bosh vazifa – o‘quvchilarni o‘qitishdan, tarbiyalashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad bo‘lib, bu maqsadni darsga material tanlaganda, dars o‘tganda va boshqa mashg‘ulotlarda yoddan chiqarmaslik kerak.
Har xil darajadagi bosh vazifalar ham mavjud:
Umumiy bosh vazifa – pedagogning o‘z faoliyatiga munosabati, vijdon va iymoni.
Har bir darsdan, mavzudan, bobdan yoki fandan ko‘zda tutilgan bosh vazifa. Masalan: A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidagi mehr-muhabbat, tarixiy davr ta’siri – asosiy bosh vazifaga o‘xshaydi. Lekin, aslida asar qahramonlari o‘rtasidagi insoniylik – insonparvarlik – buyuk insoniy munosabatlar yozuvchining bosh vazifasidir.
Adabiyot o‘qituvchisi shu asarni o‘tganda yozuvchining asosiy maqsadini yoddan chiqarmasligi kerak.
Shuningdek, qisman yoki vaziyat bilan bog‘liq bosh vazifa ham bo‘lishi mumkin. Masalan, asarni bir necha bo‘laklarga bo‘lib o‘tishda, har bir bob uchun, har bir dars uchun alohida bosh vazifa bo‘lishi mumkin.
Uchinchi qoida – darsdagi faollik bo‘lib, dars jarayonida o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan obrazlar, fikrlarni, his-tuyg‘u, hayajon va faollik bilan berishdir. Ammo, o‘qituvchi bu his-tuyg‘uning kelishini kutmasdan, faol ravishda xatti-harakat, intilish qilsagina dars davomida zarur his-tuyg‘uning o‘zi keladi. Demak, har qanday pedagogik jarayonni amalga oshirishdan oldin, albatta shu fikr yoki dars mazmuni(yoki sahna ko‘rinishi) inprovizatsiya(oldindan mashq qilish) qilishi zarur. Inprovizatsiya – o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki mashq yordamida – treninglar yordamida yuzaga keladi. Treninglar yordamida mustahkamlangan har qanday harakat, mashq o‘qituvchini kelajakda o‘tadigan dars jarayonida hech qanday tasodiflardan qo‘rqmaydigan qiladi.
Insonning harakati, sezish va idrok qilishi, nutqi, fikrlash qobiliyati bir butun tizim bo‘lib, pedagogik jarayonda bu tizimlar majmuasidan unumli foydalanishi uchun bu tizimlarni mohirlik bilan boshqara olishi va nazorat qila olishi muhimdir. Avvalombor pedagog o‘z diqqatini, o‘z muskullarini yaxshi boshqarishni o‘rganishi zarur bo‘ladi.
Masalan, bugun siz reyting sinovlarini topshirmoqchisiz yoki ko‘pchilik oldida chiqib gapirishingiz kerak. Oyoq va qo‘llar titraydi, qo‘l barmoqlari qisilgan, jag‘ muskullari taranglashgan. Ayniqsa, bu holat birinchi marta sinfga kirganingizda yuz bersa, ya’ni o‘quvchilar sizning o‘zingizga ishonchsizligingizni darhol sezishadi. Ular “Ustoz tajribasiz ekan, o‘quvchilardan qo‘rqar ekan”, - deb xulosaga kelishadi. Siz keyinroq o‘zingizni tutib olasiz, tajriba orttirasiz, ammo bugun sinfda, o‘quvchilar oldida shakllangan obrazingizni tuzishingiz qiyin bo‘ladi. Tasavvur qiling, sinfda hayajonlanishingiz, zo‘riqishingiz va muskul tortishishlaringiz har kun davom esa, o‘qituvchi ish kunining oxirida charchab qoladi, asta-sekin asabiylashish kuchayib, har xil ruhiy, asabiy, ruhiy-ichki kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Demak: bizda ichki, ruhiy nazorat-nazoratchi bo‘lishi kerak. Nazoratchi hamma a’zolarni birin-ketin tekshirib chiqib, agar keragidan ortiq muskul zo‘riqishlari mavjud bo‘lsa, uni olib tashlashimiz kerak.
Umuman, olganda jismoniy va psixologik treninglar orasida katta farq bo‘lmasdan, ular bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Jismoniy va psixologik treninglarni mustaqil ravishda va maxsus treninglar yordamida egallash mumkin. Bu esa pedagog faoliyatining samaradorligini, jismoniy va ruhiy sog‘ligini saqlashga imkon beradi.
Aktyor (o‘qituvchilar)lardan xayol va diqqatning qanchalik rivojlanganligiga qarab, ularni to‘rtta turga ajratish mumkin:

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin