Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə23/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

I – Tashabbuskor tur: xayol va fantaziyaga tayangan holda mustaqil ishlaydigan, ish jarayonida o‘zini qiynalmasdan har qanday rolga kira oladigan o‘qituvchilar. Bunday aktyor bilan rejissyorning ishlashi oson kechadi.
Bu turdagi o‘qituvchi darsni qiziqarli o‘tadi, o‘quvchilarni ham xayol va fantaziyasini o‘stiradi. U darslikdagi materialni qiziqarli qilib, bolalarga ta’sir etadigan qilib bera oladi. Bunday aktyor va o‘qituvchi ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan, uning o‘zi yangi uslublarni o‘ylab topadi.
II – Tashabbussiz tur: bunday o‘qituvchi va aktyorlar tashabbussizroq bo‘ladilar, ammo ko‘rgan va eshitgan narsasini tez ilg‘ab oladilar va uni moslab rivojlantiradilar.
Bunday aktyor bilan ham ishlash oson. Ammo, bunday o‘qituvchi o‘quvchilarni deyarli eshitmaydi. Tajribali, tashabbuskor hamkasblarining maslahati, yangi qo‘llanma va darsliklar bu o‘qituvchining ijodiy ishlashi uchun turtki bo‘lishi mumkin. Ular bunday yordam(turtki) bilan o‘zlari uchun mustaqil ishlash usullarini topib oladilar.
III – Qobiliyati sust tur: bunday aktyor(o‘qituvchi)lar berilgan yordamni ushlab qola oladilar, ammo uni rivojlantirish va undan ijodiy foydalanish qobiliyati ularda yo‘q. Bunday aktyor bilan ishlash qiyin. Lekin, asta-sekinlik bilan qobiliyatni rivojlantirish mumkin. Bunday o‘qituvchilar bir maromda ishlay olmaydilar. Ularning bir darsi yaxshi chiqsa, bir darsi yomon chiqadi. Bunday o‘qituvchilar darslikdagi materiallarni qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘zgartirmasdan beradilar, chunki ularning faoliyatida yangilik, ijod, xayol qilish yo‘q. Ular faqat tayyor ko‘rsatma, ishlanma va boshqalar yordamida ishlay oladilar.
IV – Qobiliyatsiz tur: bunday aktyor(o‘qituvchi)lar o‘zi ham ijod qila olmaydi, boshqalarning ijodini ham o‘rgana olmaydilar. Bunday kishilar aktyor va o‘qituvchi bo‘lmagani ma’qul. Bunday o‘qituvchi uchun na darslik, na metodik qo‘llanma, na ishlanma va ko‘rsatmaning foydasi yo‘q. Yaxshisi bunday o‘qituvchi maktabda ishlamagani ma’qul.
Haqiqiy ustozlarda qanday sifat va qobiliyatlar bo‘lishi zarur? K.S.Stanislavskiyning fikricha, xayolni tindirmasdan mashq qildirish kerak. Xayol – bu oldin ko‘rilgan, eshitilgan, bilgan narsalarimiz yordamida yangi obrazlarni yaratish bo‘lib, bu obrazlar dars ssenariyasini, tarkibini tuzishda o‘qituvchiga yordam beradi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz bitta rolni har bir aktyor har xil tarzda o‘ynaydi. Aktyorlik san’ati shundayki: o‘zining tajribasi, qobiliyati va xayolini ishga solib rolni o‘zicha(ozgina bo‘lsa ham) o‘zgartirishi mumkin. Masalan, V.Shekspirning “Gamlet” tragediyasini bir aktyor fojiali tus berib o‘ynasa, ikkinchi bir qobiliyatli aktyor komik tarzda o‘ynashi mumkin.
Agar shu teatr tajribasini maktabga o‘qituvchining faoliyatiga ko‘chirsak, quyidagicha manzara kasb etadi:
Darsga tayyorgarlik bosqichi: a) o‘quv materiali bilan tanishish, o‘zida ertaga o‘tiladigan darsga(mavzuga) nisbatan ijodiy his-tuyguni uyg‘otish. (Ertaga o‘quvchilarga nima beraman, ular yangi darsni qanday egallaydilar?); b) tashqaridan mavzuga oid ma’naviy-ma’rifiy materiallarni qidirish, kitob, jurnal, gazeta, ko‘rgazma, filmlardan material topish.
Sinfni ko‘z oldiga keltirish va har bir o‘quvchini ko‘z oldiga keltirish. O‘z xatti-harakatlarini(ertangi darsdagi o‘z harakatlari, nutqi fikrlari) va o‘quvchilarning javoblarini, xatti-harakatlarini fikrlash va tasavvur etish.
Darsni xayolan bo‘laklarga bo‘lish. Darsning bosh vazifasini aniqlash va fikrlash. Bosh vazifaning muhim joylarini, his-tuyg‘uga ta’sir etadigan joylarini aniqlash. Muskullarni boshqarishni mashq qilish, diqqat, xotirani mashq qilib ko‘rish.
Shuni doimo esda saqlash kerakki, oldindan o‘ylangan, fikrlangan va tasavvur etilgan dars qiziqarli o‘tadi.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin