Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə64/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim menejeri – ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui.
Ta’lim muassasi ustavi – ta’lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan “conception” – tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqchlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.
Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi etakchi g‘oya.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi.
Ta’limning sinf-dars tizimi – dars shaklida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo‘ycha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) – o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik.

Yüklə 411,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin