Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə9/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

V) Pedagogik qobiliyat.
Pedagogik faoliyatda 6 ta etakchi qobiliyat mavjud:

  1. Kommunikativ qobiliyat: kishilarni (o‘quvchilarni) o‘ziga ishontira olish, muloqotga tez kirishish, ochiqlik (ekstrovertlik). Muloqot ehtiyoji. Agar o‘qituvchida kommunikativ qobiliyat zaif bo‘lsa, u bilan o‘quvchilar orasida to‘siq paydo bo‘lishi mumkin.

  2. Perseptiv qobiliyat: kasbiy hushyorlik, empatiya (boshqa shaxslarning his-tuyg‘u va kayfiyatiga sherik bo‘lish) pedagogik intuitsiya qobiliyati.

Agar o‘qituvchi o‘quvchining ichki ruhiy holatini tashqi ko‘rinish, xatti-harakatidan seza olmasa, o‘quvchilarni boshqarish qiyin bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning xatti-harakati va xulq-atvorining motivlarini aniqlay olishi kerak. O‘quvchilarning xatti-harakatini, xulq-atvorini, kayfiyatini tez va aniq sezish, idrok etish (perseptiv qobiliyat) u o‘zida kuzatuvchanlik qobiliyatini tarbiyalashi zarur. Kuzatuvchanlik – kuzatilayotgan ob’ektni(o‘quvchini, katta kishini) ko‘rish, eshitish emas, balki uni qiziqish bilan, diqqat bilan kuzatish va shu kuzatuv natijasida tuplagan ma’lumotlarni fikran qayta ishlay olishdir.
Kuzatuv jarayonida (kuzatuvchi) shu narsani unutmasligi kerakki, ba’zan kuzatuvchi – kuzatayotgan kishilarda o‘zi istagan narsasini ko‘radilar(ya’ni, o‘qituvchi o‘quvchiga qanday munosabatda bo‘lsa, shu o‘z shaxsiy fikrining tasdig‘ini ko‘rishi mumkin). Bu esa noo‘rin va noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin.
Kuzatish – bu tahlildir. Kuzatilayotgan pedagogik hodisani o‘qituvchi doimo odilona-betaraf holda tahlil qilish va xulosa chiqarish kerak. Tajribali o‘qituvchi pedagogik jarayonning borishini, kechishini, natijalarini oldindan seza oladi. O‘qituvchi empatik bo‘lishi bilan birga, u o‘zini o‘quvchining o‘rniga ham qo‘ya olishi zarur bo‘ladi(identifikasiya qobiliyati).

  1. O‘qituvchining shaxsiy harakatchanligi. O‘qituvchida ichki kuch (energiya) yetarli bo‘lishi, u dars va darsdan tashqari jarayonda harakatchan, tashabbuskor, o‘quvchilarni o‘z izidan ergashtira oladigan bo‘lishi kerak. Faqat shunday o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘ziga ishontira oladi. Ularga ta’sir eta oladi. Buning uchun o‘qituvchida o‘ziga ishonch, tajriba va bilim bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga o‘qituvchi vaziyatga qarab egiluvchan, qayishqoq va faol bo‘lishi, uning faoliyatini yengillashtiradi.


  1. Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin