Guliston Davlat unversiteti Axborot texnologiyalari fakulteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/10
tarix02.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#116538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Azamat

GULISTON-2021-2022
Guliston Davlat Universiteti Axborot
Texnoligiyalari fakulteti “Amaliy matematika
va informatika” yo’nalishi 71-18 guruh talabasi
Nasriddinov Doniyorning 7-umumiy o'rta ta'lim
maktabida o’tkazilgan pedagogik amaliyot bo’yicha
HISOBOTI
Men 2021-yil 6-sentabrdan 4-aprel har juma,shanba Sirdaryo tuman 7- umumiy o'rta ta'lim maktabida pedagogik amaliyotda bo'ldim.
Amaliyotni birinchi kuni Axborot texnologiyalari fakultetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasida tashkil etiladigan pedagogik amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, pedagogik amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamdyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Sirdaryo tuman 7-maktab ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Universitetdan pedagogik amaliyot rahbari A.Adilov bizga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to’g’risida metodik yordam berdi.
Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlami tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi.
Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan 8-A sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Bu guruhga fizika, algebra,geometriya, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, texnologiya, rus tili, matematika, informatika, biologiya ,DXA kabi fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim.
Amaliyot davomida fizika, algebra,geometriya, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, texnologiya, rus tili, matematika, informatika, biologiya ,DXA kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.
Har juma shanba dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari 8-A sinfga o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.
Informatika fanidan o'tiladigan sinov darslariga tayyorgarlik ko'rib, zaruriy darsning reja matnini tayyorlab va loyihalashtirib chiqdim.
Informatika fani bo’yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, maktab fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo’ldim.
Men o’tishni rejalashtirgan o'quv mashg’ulotlarim uchun ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallar, taqdimot slaydlarini tayyorlab, o’quvchilarga mavzuni yanada tushunarliroq va qiziqarliroq bo'lishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim.
Informatika fanidan talab darajasida loyihalashtirilgan 2 ta ochiq dars yani “MOOC (massive open online course-Mashxur ochoq onlayn kurslar)” va “LMS asosida masofaviy ta`lim olish.Moodle platfo`rmasi” mavzularini tayyorladim va o'tkazib berdim. Shuningdek sinov darsi sifatida “Ishqalanish kuchi” va “Impuls” mavzularini o'tdim va rasmiylashtirdim. Namunali tarzda tayyorlangan ko'rgazma vositalarda dars jarayonida o'quvchilarga mavzu tushuntirishda foydalandim. Guruhdagi iqtidorli o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, fanga, o'qishga va kasbga bo'lgan qiziqishlarini o'rgandim. O'z oldimga qo'ygan natijalarga erishdim.
Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 26 ta sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan.
Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 8-sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim.
O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.
O'zlashtirishi sust va tarbiyasi og’ir o'quvchilar bilan muloqotga kirishib, ularni individual-psixilogik xususiyatlarini o'rganishda, tarbiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlash, o'quvchiga pedagogik - psixologik tashxis qo'yish va tavsif yozishda biroz qiyinchiliklar bo'ldi.
Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu yo'nalishdagi an’analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan
8-sinfning ota- onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.
Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma’naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda sinf rahbariga yordamlashdim. Mustaqil tarbiyaviy soat mavzusini tanlab, loyihalashtirish, o'tkazish ishlari bilan ham shug'ullandim va rasmiylashtirdim.
Sinf jamoasiga psixologik tavsifnoma tayyorlashda pedagogika va psixologiya bo'yicha metodist bilan maslahatlashgan holda 8-sinf jamoasiga va sinfdagi namunali o’quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozdim. Buning uchun amaliyot davomida sinfdagi o'quvchilaming darslarga qanday munosabatda ekanliklarini, bir-birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlarini, ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi ishtirokini, mavjud tartib- qoidalarga amal qilishlarini, ijtimoiy muhit, ota-onalar va jamoatchilikning ta’siri kabilami kuzatib bordim.
Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlami yuritishni o'rgandim.
Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men maktabda Jumaboyev .E , Xazraqulov Sh, Xotamqulov.O va boshqa bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim.
Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o’quvchilar bilan muomila jarayonini o'rgandim.
Men pedagogik amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman.
Menga yaqindan yordam bergan maktab ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin