Guliston pedagogika instituti mustaqil ish



Yüklə 200,88 Kb.
səhifə4/6
tarix08.11.2023
ölçüsü200,88 Kb.
#131488
1   2   3   4   5   6
Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan, sport ustalari va sport bilan endigina shug`ullana boshlaganlarning turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak, sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon etishlariga ishonch hosil qilamiz.

  • Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining bir kilogrammiga to`g`ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Kishi biror-bir harakatda o`z og`irligidan qat’i nazar namoyon qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch, masalan, dinamometr ko`rsatkichlari, ko`tarilgan shtanganing chegara darajasidagi og`irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi mumkin.

  • Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarning vazni og`irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi, nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya’ni uning chiziqli o`lchamlari kubiga to`g`ri nisbatda bo`ladi; kuch esa fiziologik ko`ndalang kesim, ya’ni chiziqli o`lchamlar kvadratiga to`g`ri nisbatdadir. Gavda o`lchamlari oshib borishi bilan kishining vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.

    Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.


    • Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:

    • Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni (giralar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.


    • Yüklə 200,88 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin